O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-avgustdagi “Oqila ayollar” harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 437-sonli qarori asosida “Oqila ayollar” harakati tuzildi va bu yil Harakat tashkil topganiga 3 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Oqila ayollar” harakati a’zolarining Respublika forumi o‘tkazildi.

Harakat a’zolari yoshlar o‘rtasida oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida bo‘lish masalalarini hamda “Oila — muqaddas” tushunchasini keng targ‘ib qilishmoqda. “Oqila ayollar”ga 1+5 tamoyili asosida 38 894 nafar ijtimoiy-himoyaga muhtoj, hayotda turli qiyinchiliklarga duch kelayotgan xotin-qizlar biriktirildi. Olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida 16 223 nafar xotin-qizning hayotga bo‘lgan munosabati ijobiy tomonga o‘zgardi.  

Harakat a’zolari oilaviy ajrimlarni kamaytirish, oilalarda barqarorlikni, qizlarning axloqiy, ma’naviy yetukligini ta’minlash, erta nikoh, ajrim, oilaviy zo‘ravonlik, huquqbuzarliklarning oldini olish, ayollarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, ularning siyosiy faolligini oshirish jarayonlarida xotin-qizlarga yaqindan yordam berishmoqda.

<iframe width="1326" height="746" src="https://www.youtube.com/embed/hA_euUaElvk" title="“Oqila ayollar” harakatiga 3 yil to‘ldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Oqila ayollar” harakatiga 3 yil to‘ldi (+video)