Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 18-turi bugun o‘z nihoyasiga yetadi. Unda “Buxoro” – “Xorazm” va “Surxon” – “Bunyodkor” klublari bahsiga guvoh bo‘lamiz.

Mazkur uchrashuvlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, “Buxoro” va “Xorazm” o‘rtasidagi o‘yin teng kurashlar ostida o‘tishi aniq. G‘alaba har ikki jamoaga juda zarur.

“Surxon” ikkinchi davrada tarkibiga yangi o‘yinchilar qo‘shib oldi va o‘z o‘yin sifatini bir muncha yangiladi. “Bunyodkor” esa bir maromda o‘ynamoqda. Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tishi shubhasiz. Poytaxt klubi bugungi o‘yinda g‘alaba qozonish uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Agar jamoa raqibini yirik hisobda yuta olsa, turnir jadvalining uchinchi pog‘onasiga chiqib olishi mumkin.  

Darvoqe, kuni kecha Superliganing 18-turidan o‘rin olgan OKMK – “Qizilqum" bahsida hisob ochilmagan bo‘lsa, vodiy derbisida "Andijon" o‘z uyida "Navbahor"ga  0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shuningdek, "Qo‘qon-1912" safarda  "Sho‘rtan" ustidan 2:1 hisobida ustun keldi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliga: Bugun 18-tur o‘z nihoyasiga yetadi