Termiz shahridagi Qirqqiz arxitektura yodgorligi Surxondaryo viloyatining IX-XIV asrlarga oid noyob inshooti.

Olimlar uning nima maqsadda qurilgani, ya’ni saroy, xonaqoh yoki karvonsaroy bo‘lgani haqida ma’lumot saqlanib qolmaganini aytadi. Biroq mahalliy xalq orasida og‘izdan-og‘izga o‘tib kelayotgan Qirqqiz bilan bog‘liq qiziqarli rivoyatlar bor.  

Dunyo qadimshunoslarida katta qiziqish uyg‘otib, turistlarni hayratga solayotgan yodgorlikni mahalliy aholi Hakim Termiziyning qizi, afsonaviy Qirqqiz qal’asi malikasi Hurayda binti Muhammad al-Hakim va Varroq Termiziyning qizi Ruhayda binti al-Varroqning maqbarasi bo‘lgani bilan izohlaydi. Yana bir og‘zaki manbada xalq dostonlarida zikr etilgan dushmanlar hujumini qaytara olgan qahramon qiz Guloyim va uning 40 dugonasi aynan shu yerda yashagani ta’kidlanadi. Boshqa birovlar o‘z davrida Hurayda binti Muhammad al-Hakim bu yerda sayyoramizning turli davlatlaridan 40 qizni jamlab, diniy va dunyoviy ilm sirlarini o‘rgatganini hikoya qiladi.  

Qadimshunoslarning aytishicha, yodgorlik qishloq-qo‘rg‘on saroy arxitekturasining noyob turi bo‘lib, dunyo tomonlariga moslab qat’iy mujas-samotda qurilgan. Inshoot to‘rtburchak tarhli bir qavatli, faqat yo‘laklar umumiy balandlikda 2 qavatli bo‘lib, xomg‘ishtdan barpo etilgan. Toq va ravoqlarida pishiq g‘ishtlar ham ishlatilgan. Tashqi devor qalinligi 2-2,5 metrni tashkil etadi. Burchaklari hajmdor burjlar bilan mustahkamlangan.

Yodgorlik tepasida balx, kesishgan gumbazli toqlar, boshqa turdagi gumbazlar toq va ravoqlar bo‘lgan. Manbalarda ayvon va yo‘laklar binoni to‘rt qismga ajratib, 40 xonadan iborat bo‘lgani, qirq asbob – usturlob mavjudligi keltiriladi.

O‘tmishdagi ajdodlardan meros qolgan noyob inshootni saqlab qolish uchun ayni paytda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, qal’a 2001-2002 yillarda Termiz shahrining 2500 yilligi munosabati bilan hamda 2018 yilda ta’mirlangan.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XrbgK-y_CqE" title="Qirqqiz oqila, ilmli qizlar koshonasi yo qahramon qizlar qal’asi bo‘lganmi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirqqiz oqila, ilmli qizlar koshonasi yo qahramon qizlar qal’asi bo‘lganmi? (+video)