Davlat dasturining yarim yillik ijrosi muhokamalarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni o‘sib borayotgani qayd etildi.

Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishish borasida eng namunali natijalarga erishgan 5 mamlakatning biri sifatida e’tirof etilgani ma’lum qilindi.  

Davlat dasturining 6 oyga mo‘ljallangan 227 ta bandidan 224 tasining ijrosi bajarilgan. Jumladan, har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish borasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar doirasida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Xususan, respublika bo‘yicha 35 ta yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilib, 4 ming 750 mingta bola o‘rni yaratilgan. Nodavlat sektorga berilayotgan keng imkoniyatlar doirasida 72 ta xususiy maktab tashkil etilgan. Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 77 foizga, maktabga tayyorlov tizimida qamrov 96 foizga yetkazilgan.

O‘zbek tili va adabiyoti pedagoglariga har oyda 50 foizlik ustama to‘lanishi yo‘lga qo‘yildi.  

Shuningdek, “Yoshlar daftari” orqali yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qariyb 122 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.  

M.Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston BRMga erishishda eng namunali 5 mamlakatning biri sifatida e’tirof etildi