Mamlakatimizda energiya tejamkorligi va qayta tiklanuvchi, ya’ni “yashil” energiya manbalarini rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Yurtimizda ushbu sohadagi islohotlar va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish bilan birga ekologik barqarorlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati ham energiya tejamkorligini ta’minlash va ekologik holatni yaxshilash maqsadida qator muhim loyihalarni amalga oshirmoqda.

Mazkur tashkilot axborot xizmati rahbari Mo‘min Ibodov bu borada erishilgan natijalar haqida quyidagilarni ma’lum qildi: 

–Davlatimiz tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy qilish va energiya samaradorligini oshirish vazifalari belgilab berilgan bo‘lib, tashkilotimiz ushbu yo‘nalishda salmoqli ishlarni amalga oshirdi. Qayta tiklanuvchi energiya ob’ektlari qurilishi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va energiya tejash chora-tadbirlari natijasida korxonalarimizda energiya resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha muhim natijalarga erishildi.

Masalan, joriy yilning 7 oyi mobaynida jamiyat tomonidan 72,9 million kilovatt soat elektr energiyasi va 34,48 million metr kub tabiiy gaz tejaldi. Bu ko‘rsatkichlar rejaga nisbatan 132 foiz va 101,5 foizni tashkil etmoqda. 

Prezidentimizning energiya tejamkorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJda bir qator loyihalar amalga oshirildi. Korxona va boshqarmalarda chastota va reaktiv quvvatni kompensatsiyalash qurilmalari, energiya tejamkor nasoslar, kompressorlar va zamonaviy texnologiyalar o‘rnatildi. Shuningdek, 29,3 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitgichlari hamda quyosh panelli yoritish chiroqlari joriy qilindi. Bu esa energiya sarfini sezilarli darajada kamaytirdi. 

Shu kunlarda Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida 48 ming metr kub chiqindi gazidan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha samarali loyiha amalga oshirilmoqda. Loyiha to‘liq ishga tushgach, majmuada 36,8 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va 14 297 tonna SO2 chiqindisini atmosferaga chiqishining oldi olinadi. Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida quvvati 7 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasi bunyod etilyapti. Bu loyiha sabab 47 million kilolvatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. 

Shuningdek, tizim korxona va boshqarmalarida quvvati 95 MVt yoki 190 MVt*soat bo‘lgan BESS (Battery Energy StorageSystem) energiya yig‘ish akkumulyator modullari joriy etilyapti.  Albatta, bunday chora-tadbirlar natijasida elektr energiyasi va yoqilg‘i resurslarini tejash, shu bilan birga,  ekologik barqarorlikka erishiladi.

Galdagi reja esa joriy yil yakuniga qadar 98,2 million kilovatt soat elektr energiyasi va 72 million metr kub tabiiy gaz tejashdir.

Xulosa qilib aytish mumkinki, “O‘zbekneftgaz” AJning samarali islohotlari va investitsiya loyihalari energiya resurslarini tejash hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Yangi texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish orqali respublika iqtisodiyotining rivojlanishi va atrof-muhitni muhofaza qilishga salmoqli hissa qo‘shilmoqda. Bu esa mamlakatning barqaror va ekologik jihatdan toza kelajagi yo‘lida ustuvor qadamlardan biridir.

O‘zA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva

yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energiya tejamkorligi va ekologik barqarorlik – milliy taraqqiyotning asosiy yo‘nalishi