Nurafshon shahrida oxirgi ikki oyda Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlarning ijro jarayoni atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, Prezidentimizning 2025 yil 24 iyuldagi “Toshkent viloyatining Angren shahri va Ohangaron, Parkent hamda Bekobod tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, shuningdek, “Toshkent viloyatida ishbilarmonlik muhitini, infratuzilma va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hudud rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. 

Majlisda Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev asosiy e’tiborni mazkur muhim hujjatlarda belgilangan ko‘lamli vazifa va loyihalarni hayotga tatbiq etishda izchillikni ta’minlashga qaratdi. Mazkur qarorlarning mazmun-mohiyati, ijro jarayonida idoralararo kelishuv, hamkorlik masalalari hamda bajarilayotgan ishlar yuzasidan kuchli jamoatchilik nazoratini o‘rnatish borasida aniq topshiriqlar berildi. 

Tadbirda bunyodkorlik qurilish ishlariga to‘xtalib o‘tildi. Xususan, Bekobod shahardan Bekobod, Bo‘ka, Piskent tumanlari, Nurafshon shahri orqali Toshkentga temir yo‘li qurilishi, 1200 gektardagi aeroport O‘rta Chirchiq tumanida joylashishi borasida fikr bildirildi. Shu bilan birga, dehqon bozorlarida aholiga qulaylik yaratish, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi barqarorligi ta’minlash lozimligi aytildi. 

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan shahar va tumanlar hokimlari, tegishli tashkilot rahbarlarining axborotlari eshitildi. Belgilangan vazifa va topshiriqlarni amalga oshirish yuzasidan Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosarlari faollarga hisobot berdi. 

Yuqoridagi qarorlar mazmun-mohiyati hamda amalga oshirilayotgan ishlar viloyat hamda tegishli tuman va shahar davriy nashrlarida hamda media platformalarida muntazam yoritilib boriladi. 

A.Musayev,O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlar rivojida rahbarning mas’uliyati katta