O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Tashqi iqtisodiy faoliyat departamenti boshlig‘i Saidkomil Saidnazirxanov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon sanoat qurilish korpusi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Qayd etish kerak, Shinjon sanoat qurilish korpusi 1954 yilda tashkil etilgan melioratsiya, chegara muhofazasi va iqtisodiyotni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus tuzilma. Korpus tarkibida 14 ta bo‘linma, 22 ta rivojlanish hududi va 3 million 600 ming nafar xodim faoliyat yuritadi.

Muloqotda delegatsiya rahbari — Shinjon sanoat qurilish korpusi komissari o‘rinbosari Lyu Chjungo ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish masalalariga to‘xtalib, qurilish, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, turizm, dasturlash va axborot texnologiyalari sohalarida qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston tomoni o‘z navbatida mamlakatimizdagi investitsiya imkoniyatlari va yaratilgan qulay muhit haqida ma’lumot berdi. Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, kelgusida xitoylik hamkorlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda