10 avgust kuni mamlakatimizning barcha hududlarida “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga ilk bora qabul imtihonlari o‘tkazildi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyati yoshlari uchun ana shunday test sinovlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” majmuasining pavilonlarida tashkil etildi.  

Yurtimizda yoshlar iste’dodini, ularning qobiliyati va iqtidorini to‘g‘ri shakllantirish masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida ahamiyat qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Prezident iqtidorli farzandlari” ma’rifiy loyihasi bu boradagi muhim qadamlardan biridir.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025 yil 15 mayda qabul qilingan “Prezident iqtidorli farzandlari tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda yana bir muhim qadam bo‘ldi.  

Ushbu hujjat mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash hamda global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdek maqsadlarni ko‘zlashi bilan ahamiyatga molik.  

Mazkur farmon ijrosi doirasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi «Prezident iqtidorli farzandlari» milliy dasturiga ilk bora qabul imtihonlari tashkil etildi.

O‘zbekiston bo‘ylab saralangan 1 ming 500 nafar eng iqtidorli 9-sinf bitiruvchilari “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi orqali jahondagi yetakchi oliy ta’lim muassasalariga tayyorlanadi.

Dastur ishtirokchilariga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning malakali maslahatchilari biriktiriladi. Ular o‘quvchilarga oliy ta’limga kirish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda shaxsiy ijodiy-ma’rifiy salohiyatini  mukammallashtirishda yaqindan yordam beradi.

Bugungi kunda dunyoning nufuzli universitetlari test natijalaridan ko‘ra abituriyentning shaxsiy faoliyatiga katta e’tibor qaratadi. Masalan,  qanday loyihalarda ishtirok etgani, yetakchilik tajribasi va jamiyatga qo‘shgan hissasiga jiddiy e’tibor qaratiladi. Milliy dastur shu jihatlarni portfolioda to‘plash uchun mustahkam asos yaratadi.

Dastur doirasida “Renessans” oromgohida qo‘shimcha chuqurlashtirilgan kurslar tashkil etiladi. Ular orasida tadqiqot metodologiyasi, ijtimoiy loyiha tayyorlash, dizayn fikrlash, jamoada ishlash, ochiq nutq madaniyati kabi fanlar bor. Ushbu yo‘nalishlar o‘quvchilarning shaxsiy portfoliosini boyitib, hujjat topshirishda hal qiluvchi ustunlik beradi.

Dastur doirasida 40 nafar muvaffaqiyatli ishtirokchi dunyoning eng nufuzli universitetlarida tashkil etiladigan yozgi maktablarda qatnashadi. Bu esa ularning portfoliosini yanada kuchaytiradi va qabul jarayonida muvaffaqiyat qozonish ehtimolini oshiradi.

Agar ishtirokchi TOP-100 universitetdan biriga 50 foizlik grant bilan qabul qilinsa, qolgan kontrakt summasi ajratilgan kvota doirasida “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan to‘liq qoplab beriladi.

Dasturga qabul bir bosqichda o‘tkaziladi. Har bir hududda matematika va ingliz tilidan 40 tadan savol (jami 80 ball) beriladigan test sinovlari tashkil etiladi. Olimpiada g‘oliblariga 20 ballgacha qo‘shimcha ball, Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestri a’zolari farzandlariga esa 10 ball imtiyoz beriladi. Hududlar kvotasi doirasida eng yuqori ball to‘plagan jami 1 ming 500 nafar o‘quvchi joriy yilda bo‘lib o‘tayotgan “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi uchun saralab olinadi.

Aytish kerakki, “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga 31 iyul kuniga qadar jami 27 ming 789 ta ariza qabul qilingan.

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi uchun test sinovlari belgilangan talab va qoidalarga mos tarzda o‘tdi.

Nazokat Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtidorli yoshlar – yurt tayanchi