Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan hamda guvoh sifatida Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchisi Donald Tramp ishtirokida Vashington shahrida imzolangan Qo‘shma deklaratsiya e’lon qilinishi munosabati bilan maxsus bayonot berdi.

– Men  “Tinchlik hamda Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlar o‘rnatilishi to‘g‘risida Bitim”ning kelishilgan matni imzolanishi, shuningdek ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlarining Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga “YeXHT Minsk jarayoni” va shu bilan bog‘liq tuzilmalar bekor qilinishi haqidagi murojaatini qat’iy qo‘llab-quvvatlayman, – deyilgan tegishli hujjatda. – Mazur tarixiy voqea Janubiy Kavkvz mintaqasida mustahkam tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, keng hududlarimizda farovonlik qaror toptirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishiga ishonchimiz komil.

G‘.Xonnazarov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TDT Ozarbayjon – Armaniston kelishuvi yuzasidan bayonot berdi