O‘zbekiston Respublikasi Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik muzokarasida muhim natijaga erishilganini olqishlaydi, deya bayonot berdi Tashqi ishlar vazirligi.
- Kuni kecha Vashingtonda tarixiy Qo‘shma deklaratsiya imzolanishiga Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi yetakchilarining kuchli siyosiy irodasi va qat’iyati, shuningdek Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentining faol tinchlikparvar sa’y-harakati tufayli erishildi, deb hisoblaymiz, - deyilgan hujjatda.
Tomonlarning mojaroni bartaraf etishga qaratilgan ko‘p yillik sa’y-harakati yuqori baholandi. Janubiy Kavkazda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik imkon qadar tezroq o‘rnatilishi keng mintaqamizdagi barcha xalqlar manfaati uchun yirik transport va infratuzilmaviy loyihalar uchun zamin yaratishiga ishonch bildirildi.
O‘zA