Vatanimiz tarixidagi 10 avgust sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

Avgust oyining ikkinchi yakshanbasi yurtimizda qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, bugungi kunda sohada qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etish va sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni rag‘batlantirish maqsadida ushbu sana 2017 yildan boshlab bayram qilinmoqda. “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun 2017 yil 21 dekabrda qabul qilingan.

1230 yil (bundan 795 yil oldin) – Ko‘niya sultoni, Xims, Halab, Mayafiriqin va Baynas hokimlarining birlashgan ittifoqi Jaloliddin Manguberdini mag‘lub etdi. Tarixchi Juvayniyning yozishicha, bu jangdan oldin kasallikka chalinib majolsiz qolgan Jaloliddin hali kasallikdan butunlay qutula olmagan edi va jang maydoniga chiqqan payti otiga minib olishga ham, unda o‘tirishga ham quvvati yetmagan. Amirlari unga dam olishni tavsiya qilgan paytlarida, uning jang maydonini tark etishi tartibsiz amalga oshirilgani uchun sarkardalar va qo‘shini ham “Sulton jang maydonini tashlab qochib ketdi”, deb chekina boshlaganlar. Dushmanlar dastlab bu holatga tushunmasdan, Jaloliddin yolg‘ondakam chekinmoqda deb askarlarini jangavor safda qolishni buyurganlar. Ammo, keyinchalik, buning haqiqiy chekinish ekanligini bilishgach Jaloliddin qo‘shinlarini ta’qib etish boshlandi. Bunday sharoitda Jaloliddin ham Hilotga chekindi.

1909 yil (bundan 116 yil oldin) – Toshkentda “Yordam” musulmon jamiyati ochildi. Jamiyat raisi Saidkarim Said Azimboyev bo‘lgan. “Toshkent” ensiklopediyasida zilishicha, jamiyatning asosiy vazifasi markazi Toshkent shahri o‘lgan Sirdaryo viloyatida yashovchi kambag‘al, nochor kishilarning moddiy-maishiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan. Bu maqsadga erishish uchun jamiyat yetimxonalar, qariyalar uyi, kasalxonalar, ambulatoriyalar, oshxona va choyxonalar, yotoqxonalar ochishni, talabalarga, xayriya va ma’rifat muassasalariga moddiy yordam berishni mo‘ljallagan.

1914 yil (bundan 111 yil oldin) – “Sadoi Turkiston” gazetasining shu kungi sonida “Bir savdogar” taxallusli muallifning “Talabgor bormu?” nomli maqolasi e’lon qilindi. Maqolada o‘lkadagi tadbirkorlik va savdo-sotiq sohasini rivojlantirishda katta tajribaga ega, Turkiston istiqboli va millat farzandlarining kelajagi uchun qayg‘urgan ziyolilarning g‘oyalari aks etgan. Tarixchi Mashhura Darmonovaning yozishicha, muallif o‘lkadagi tadbirkorlar, savdogarlar va shunga o‘xshash boshqa soha vakillari tajribalaridan samarali foydalanib, yosh savdogar va tadbirkorlarga maslahatlar va takliflar bergan. 

Shuningdek, muallif yosh savdogarlar va tadbirkorlarga raqobat katta bo‘lmagan yangi yo‘nalishlarda savdo-sotiq va tadbirkorlik ishlarini olib borish, o‘zaro hamkorlikda savdo-sanoat jamiyatlarini tuzish, ularning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalarga e’tiborini qaratgan. Ularni davr talabiga mos zamonaviy ishlab chiqarish sohalarida o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishga, jumladan, raqobat katta bo‘lgan an’anaviy tadbirkorlikdan ko‘ra, guruch tozalaydigan tegirmonlar, meva quritadigan zavod va fabrikalarni ochishga hamda boshqa shunga o‘xshash ishlab chiqarish sanoatida samarali va foydali ishlarni olib borishga chorlagan.

1921 yil (bundan 104 yil oldin) – Turkiston hukumatining qaroriga muvofiq xo‘jaliklarning katta-kichikligidan kelib chiqib, soliqni tabaqalashtirish joriy etildi. Tarixchi Izzatilla Haydarovning qayd etishicha, soliq olinish nisbati quyidagi tartibda belgilab qo‘yildi: 2 desyatinagacha (1 desyatina taxminan 1,09 gektarga teng) yeri bo‘lgan xo‘jaliklardan hosilning 5 foizi miqdorida, 2–4 desyatinagacha – 10 foiz, 4–6 desyatinagacha – 12 foiz, 6–8 desyatinagacha – 14 foiz, 8–20 desyatinagacha – 16 foiz miqdorida va hokazo. 

1937 yil (bundan 88 yil oldin) – O‘zbekistonda ommaviy qatag‘onning avj pallasi boshlandi. Tarixchi Muzrobjon Abdullayevning qayd etishicha, 1937 yil 10 avgustdan 1938 yil 1 yanvargacha bo‘lgan vaqtda O‘zbekiston bo‘yicha “quloqlar”dan 5924 kishi, “jinoyatchilar”dan 1679 kishi, boshqa “sovetlarga qarshi unsurlar”dan 3097 kishi, jami 10700 kishi qamoqqa olingan. Ulardan 3613 kishi 1-toifa bo‘yicha otuvga, 7087 kishi 2-toifa bo‘yicha 8–10 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilingan.

1950 yil (bundan 75 yil oldin) – yozuvchi, publitsist, ssenariynavis, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam tavallud topdi. Uning asarlari o‘ziga xos yumoristik bayon uslubi, kinoyali tili, kutilmagan badiiy yechimlarga egaligi bilan ajralib turadi. Yozuvchining insonga xos eng chigal jihatlarni ochiq ko‘rsatmay, imo-ishora orqali aks ettirishi uning asarlari ta’sirchanligini oshiradi. U 2020 yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

1951 yil (bundan 74 yil oldin) – “Pravda Vostoka” gazetasida “Ba’zi shoirlarning ijodida g‘oyaviy buzilish to‘g‘risida” maqola bosilib chikdi. Maqola mualliflari o‘zlari o‘zbek tilini yetarlicha bilmaganlari holda asarlarning aslini o‘kimasdan turib, Turob To‘laning “O‘zbekistonim” ashulasini haqoratli tankid ostiga oldilar. Kamtar Otaboyev, Mirtemir, Sobir Abdulla, Habibiy asarlarini asossiz tanqid qildilar.

2000 yil (bundan 25 yil oldin) – toshkentlik kolleksioner Baxtiyor Ismatullayev xazinasidagi o‘tgan asrning saksoninchi yillariga mansub musiqa mashinasi Germaniyaning Yen shahrida o‘tkazilgan qadimiy cholg‘u asboblari ko‘rgazmasida birinchi o‘rinni oldi, uning egasi esa qadimiy nemis musiqa asboblari havaskorlari jamiyatining a’zosi etib saylandi.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorlari qabul qilindi.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Mazkur ko‘krak nishoni bilan mamlakatimizda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qo‘lga kiritgan, shuningdek, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etib, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalangan hamda yashil maydonlarni kengaytirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus ko‘rsatgan fuqarolar taqdirlanadi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni