Mirzo Abdulqodir Bedil — qiyosi yo‘q shoir, mutafakkir va jamiyatshunos olim, o‘ziga xos faylasufona qarashlar sohibi bo‘lgan insondir.

Asli Shahrisabzning barlos urug‘idan bo‘lgan shoirning ota-bobolari Hindistonga ko‘chib borib, o‘sha yerda turg‘un yashab qolishgan. Hindistonning Azimobod shahri yaqinidagi Patnada 1644 yilda harbiy xizmatchi oilasida tavallud topgan Bedil 1720 yilning 5 dekabrida Dehlida vafot etadi.

Otasidan yetim qolgan Abdulqodir onasining qo‘lida tarbiyalanadi. Uning bilim olishga bo‘lgan chanqoqligini sezgan amakisi Mirzo Qalandar bilan tog‘asi Mirzo Zarifning yaqindan yordami tufayli savodini oshiradi, arab tili grammatikasini, hind va urdu tillarini, so‘fiyona qarashlarni o‘zlashtiradi. Uning tinimsiz intilishlari va izlanishlari hatto o‘n yoshida yozgan ilk ruboiylarida yaqqol sezilib, atrofidagilarni hayratga soladi. Oltmish yoshga borganida yozgan "Chor unsur" asarida o‘zining hayotiga, tarjimai holiga va dunyoqarashiga oid fikrlarini bayon qilgan.

Yigirma yoshida birinchi marta she’rlarini jamlagan Bedil umri davomida ko‘p yo‘llarni bosib o‘tdi. Xalq hayotini yaqindan o‘rgandi, zamon evrilishlari va munofiqliklarini ko‘rdi, bularni o‘z ijodida aks ettirishga, insonlarni doimo yuksaklikda, ittifoqlik va mehr-muruvvatlilikda bo‘lishga chaqirdi, bu tuyg‘ularni goh oshkor, goh kinoyali, goh tashbehlar vositasida qalblarga yetkazishga harakat qildi

Nihoyatda sermahsul, tinmas va izlanuvchan shoir bo‘lgan Bedil katta meros qoldirdi. Uning "Kulliyot"iga kiritilgan asarlarining o‘zi 130 ming misra she’r va 50 bosma toboqdan ortiq nasrni tashkil etadi. Eng dolzarb janr hisoblangan ruboiylar yozishda ham Mirzo Bedil katta mehnat qildi. Uning 3861 ruboiy yozib qoldirganini aytadilar.

"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi soni yozuvchi, shoir, jurnalist, siyosiy arbob va Turkiston jadidchiligining g‘oyaviy yetakchilaridan biri sifatida tanilgan Abdurauf Fitratning Mirzo Abdulqodir Bedil ijodiga bag‘ishlangan asarlari haqida.

<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/gHjaWRH6j_c?si=Y4BHeNCEGkPYO5dg" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mirzo Abdulqodir Bedil ijodida inson mohiyati (+video)