O‘zbekiston Metallurgiya uyushmasi vakillari hamda Xitoy Temir-po‘lat uyushmasi vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzoladi.



Ma’lumotlarga ko‘ra, uyushma Xitoyning eng yirik tarmoq tashkiloti bo‘lib, 400 dan ortiq korxona, jumladan, yetakchi metallurgiya korporatsiyalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va servis kompaniyalarini o‘zida birlashtirgan.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda kon-metallurgiya sanoati mahsulotlari negizida ilg‘or jahon amaliyoti asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, unga bog‘liq bo‘lgan tarmoqlarni rivojlantirish hamda ushbu yo‘nalishning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga alohida e’tibor berilayotgani qayd etildi.



Shuningdek, endilikda mazkur hamkorlik mamorandumi Uyushma uchun ilg‘or texnologiyalar, yangi hamkorlik aloqalari va investitsiya imkoniyatlariga yanada keng yo‘l ochib berishi ta’kidlandi.
Jumladan, tarmoqning raqobatbardoshligini hamda O‘zbekiston qora metallurgiyasining jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlaydi.





Gulnoza Boboyeva, O‘zA