O‘zbekistonda may, iyun oylarida ingliz tili darajasi bo‘yicha xalqaro sertifikat — IELTS uchun imtihon topshirganlarning imtihon javoblari qayta tekshirilishi, shu bilan birga ayrim natijalar bekor qilinishi holati kuzatildi. Bu o‘zgarishlar IELTS imtihonida tushadigan ayrim topshiriqlarning javoblari internet tarmoqlariga sizdirilayotgani va uning sotuvga chiqib ketgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda "javoblar to‘plami"ni yodlab imtihonga qirayotgan nomzodlar ortgani mamlakatda IELTS’ga bo‘lgan ishonch kamayishi mumkinligi keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, IELTS’ning amaldagi qoidalariga muvofiq, agar qoidabuzarlik isbotlansa, test natijalari bekor qilinadi va holatga qarab nomzod test topshirish huquqidan 5 yilgacha mahrum qilinadi. Shuningdek, IELTS ijtimoiy tarmoqlar va onlayn platformalarni doimiy ravishda kuzatadi, noqonuniy, ruxsatsiz tarqatilgan ma’lumotlarni aniqlab, ularni olib tashlash choralarini ko‘radi.
Kutilganidek IELTS test sinovlarini o‘tkazish mexamizlarini takomillashtirish va nazoratni kuchaytirish maqsadida imtihon topshirish jarayonlariga bir qancha o‘zgartirishlar kiritildi. Bugungi lavhamizda IELTS imtihonlariga tayyorgarlik, rivojlanish bosqichlari va kiritilgan o‘zgarishlar haqida IELTS dasturi bo‘yicha professional ustoz Suhrob Komilov batafsil ma’lumot beradi.
Batafsil
<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/bwiueW44MGc?si=5zIbPpmw82PSn7cD" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (O‘zA)