O‘tgan hafta Prezident Donald Tramp 69 davlatga – AQSHning savdo hamkorlariga tarif joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. E’lon qilingan hujjatga ko‘ra, ushbu mamlakatlar uchun yangi tarif kuchga kirdi.

Ro‘yxatda eng yuqori ko‘rsatkich Suriya uchun belgilangan – 41 foiz. Shuningdek, Myanma va Laosdan kirib keladigan mahslotlarga 40 foiz boj belgilandi. Shveysariya AQSH bozoriga jo‘natayotgan tovarlari uchun 39 foiz ustama to‘laydi. Iroq va Serbiya esa 35 foiz bilan “siylandi”.

Tramp объявил о введении пошлины для Казахстана в размере 25% | Kazakhstan  Today

Rossiya neftini sotib olishda davom etayotgan Hindistonga 25 foiz qo‘shimcha soliq solindi. Ushbu chora farmoyish imzolangandan 21 kun o‘tib amal qila boshlaydi.

Kanada uchun tarif 25 foizdan 35 foizga oshirildi. Meksika esa Vashington bilan joriy shartni 90 kun uzaytirishga kelishdi. Jumladan, po‘lat, alyuminiy va mis uchun 25 foiz asosiy boj va 50 foiz stavka belgilangan.

Tramp qayta prezidentlikka saylangach, savdo siyosatini kuchaytira boshladi, Meksika va Kanadadan import qilinadigan tovarlarga boj qo‘shdi, Xitoy uchun ham to‘lovni oshirdi, po‘lat, alyuminiy va avtomobilga soliqni ko‘tardi.

Торговые войны Trampа повысили привлекательность акций Китая | РБК  Инвестиции

Vashington 2 aprel kuni importga o‘zaro boj o‘rnatilganini e’lon qildi. Asosiy stavka o‘n foiz etib belgilandi, oshirilgan tarif esa 57 mamlakatga nisbatan qo‘llandi. Bir hafta o‘tgach, butun jarayon to‘xtatildi va Qo‘shma Shtatlar ko‘plab davlatlar bilan muzokara boshladi. Yaponiya, Janubiy Koreya, Filippin, Vetnam, Pokiston, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi tuzilmasi, Tailand va Kamboja Vashington bilan yangi savdo sharti bo‘yicha kelishdi.

Amerika Ta’minotni boshqarish instituti ma’lumotiga ko‘ra, bunday savdo siyosati ortidan shtatlarda sanoat faolligi pasayadi, ta’minot zanjirida jiddiy uzilish kuzatiladi. Korxonalar omon qolish rejimiga o‘tishga majbur bo‘ladi, chunki kompaniyalar o‘sib borayotgan xarajatni o‘z mablag‘i hisobidan qoplashga majbur.

Shu bilan birga bozorlar Oq uy rahbarining keskin bayonotlarini tobora ko‘proq e’tiborsiz qoldirmoqda. Sababi, ilgari u investorlarning keskin qarshi munosabati tufayli qo‘llangan choralarni bir necha bor yumshatgan.

NBC telekanali axborotida AQSH g‘aznachilik va savdo vazirlari obligatsiya bozoridagi vaziyatdan vahimaga tushib, Trampni tarifni to‘xtatishga undagani aytiladi. Mahalliy rasmiylar Prezident qarori yangi global inqiroz keltirib chiqarishidan xavotirdaligini yashirmayapti.

S.Rahimov, O‘zA sharhlovchisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oq uy importga joriy qilgan yangi tarif kuchga kirdi