O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi BMTning "UNEP Copenhagen Climate Centre" hamda "Efficiency Valuation Organization" (EVO) bilan hamkorlikda faoliyat yurituvchi "Global ESCO Network" tarmog‘iga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilindi.

Bu qadam natijasida O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ushbu nufuzli tarmoqqa qo‘shilgan birinchi davlatga aylandi. Mazkur maqom mamlakatimizning energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan oqilona foydalanish va barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘nalishida mintaqaviy yetakchilik salohiyatini yanada mustahkamlaydi.

A’zolikning asosiy ustunliklaridan biri - jahon amaliyotida sinovdan o‘tgan ESCO modelini milliy qonunchilik va davlat siyosatini takomillashtirish jarayoniga to‘liq integratsiya qilish imkoniyatidir.

Agentlik axborot xizmatiga ko‘ra, "Global ESCO Network" - dunyo miqyosida ESCO modelini targ‘ib etish, uning siyosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda hukumatlar va moliyaviy institutlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi nufuzli xalqaro platformadir.

N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida "Global ESCO Network"ka a’zo bo‘lgan ilk davlat sifatida tarixga kirdi