Tahlillar ko‘rsatganidek, byurokratiya sabab xususiy sektor bo‘sh o‘rinlarni ko‘rsatishdan manfaatdor emas.
Shu bois, oliygoh bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha xususiy sektor uchun ma’qul keladigan tizim yaratilishi belgilandi.
Buning uchun Tadbirkorlar reytingida alohida ko‘rsatkich qo‘shiladi.
Bunda tadbirkorlar o‘zidagi bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni mutaxassislik yo‘nalishi bilan kiritadi.
Platformaga oliygohlar ham ulanib, oliygohning “karera markazi” bitiruvchini bo‘sh o‘rni bor korxona bilan bog‘lab beradi.
Eng muhimi, bitiruvchini ishga olganlik uchun tadbirkorga qo‘shimcha ball beriladi.
Bitiruvchisini yarmidan ko‘pini ishga joylagan “karera markazi”ga oliygoh jamg‘armasidan 500 million so‘m mukofot beriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliygohlar bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish davom etmoqda.
O‘zA