Teatr jamiyat hayotining ko‘zgusi, ma’naviy tarbiya maskani sanaladi. Unda tarixiy va bugungi kundagi voqealar yaqqol aks etadi.

Obrazlar inson hayotini ifodalaydi, bu esa inson uchun ibratlidir. Yurtimizda ham teatrlar faoliyatini kengaytirish, undagi obrazlarning saviyasi va ma’naviyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan teatrlar soni 48 tani tashkil etmoqda.  

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan teatrlar soniga ahamiyat beradigan bo‘lsak, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 ta, Andijon viloyatida 3 ta, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm va Namangan viloyatlarida 2 tadan, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida 1 tadan, Samarqandda 4 ta, Farg‘ona viloyatida 5 ta hamda Toshkent shahrida 18 ta teatr faoliyat yuritadi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda teatrlar soni nechta?