Poytaxtimizdagi “Humo arena" majmuasida figurali uchish bo‘yicha turli yosh toifalaridagi O‘zbekiston chempionati va “Toshkent konkilari” musobaqasida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.

Mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan figurali uchuvchilar ishtirokida o‘tgan musobaqaning qisqa va erkin chiqish bahslarida Sofiya Virdina ayollar o‘rtasida 112.08 ball to‘plab, birinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, erkaklar orasida Azizmurod Shabazov 107.39 ball jamg‘argan holda g‘olib bo‘ldi.  

[gallery-24652]

Yoshlar toifasida Viktoriya Vagapova erkin dasturda, Latifaxon Shoisayeva qisqa chiqishda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, 50 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashgan mazkur musobaqada turli yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar shohsupaga ko‘tarildi.  

Javohir Toshxo‘jayev,  

Alimurod Mamadaminov, (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Figurali uchish bo‘yicha mamlakat chempionlari aniqlandi