Bugun, 8 avgust kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
"Xorazm" "Surxon" jamoasini qabul qilsa, Navoiyda "Qizilqum" va "Buxoro" jamoalari to‘qnash keladi.
Toshkentda "Bunyodkor" turnir jadvalining oxirgi qatorida borayotgan "Sho‘rtan" bilan ro‘baro‘ keladi.
Jamoalarning turnir jadvalidagi joylashuvidan kelib chiqib fikr yuritadigan bo‘lsak, “Bunyodkor” “Sho‘rtan”ni dog‘da qoldirgan taqdirda peshqadamlikka da’vogar jamoalar qatoridagi o‘rnini mustahkamlashga muvaffaq bo‘ladi.
“Buxoro” safarda navoiyliklardan ochko tortib olishni uddalasa, "Xorazm" termizliklarni taslim eta olsa, ular pastki pog‘onadagi “xavfli maydon”dan chiqib ketish sari ishonchli qadam tashlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Superliganing 18-tur o‘yinlari 10 avgust kuni “Sug‘diyona”-”Mash’al” uchrashuvi bilan boshlanadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA