Markaziy va G‘arbiy Osiyoning eng kuchli yosh tennischilari ishtirokida Qozog‘istonning Olmaota shahrida tennis bo‘yicha U-16 yosh toifasida o‘tkazilayotgan “Roland Garros Junior Series by Renault” musobaqasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Alan Zinatulin va Akmal Abdullayev yakkalik bahslarda yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Saralash musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashgan yosh tennischimiz Alan Zinatulin chorak finalda Rodion Traygelni (Qozog‘iston) 6:3, 6:3 hisobida mag‘lub etdi. U keyingi bosqichda yana bir qozog‘ichstonlik raketka ustasi Mansur Sainov bilan ro‘baro‘ keladi.  

Akmal Abdullayev chorak finalda hamyurtimiz Mahmudbek Beknazarovni 3:6, 6:2, 6:0 ko‘rinishida dog‘da qoldirdi. U final yo‘llanmasi uchun endi Ansar Niyetkaliyev (Qozog‘iston) qarshiligini yengishi lozim bo‘ladi.  

Turnirning ayollar o‘rtasidagi bahslarida qatnashayotgan hamyurtimiz Keyra Kim chorak finalga qadar yetib borib, qozog‘istonlik Adiya Omarbekka 2:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.  

Aytish lozim, mazkur turnir g‘oliblari joriy yilning oktyabr oyida Yaponiyada o‘tadigan “Roland Garros Junior Series” final bosqichida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi. Kunchiqar yurt musobaqasida g‘olibliklikka erishgan tennischilar Parijda tashkil etiladigan “Roland Garros Junior Series-2026” musobaqasida kortga chiqadi. 

Olmaotada davom etayotgan “Roland Garros Junior Series by Renault”ning final o‘yinlari 9 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh tennischilarimiz Qozog‘istonda “Roland Garros Junior Series-2026” yo‘llanmasi uchun kurashmoqda