Tailandda o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining U-19 yosh toifasida 7 nafar terma jamoamiz a’zosi yarim final yo‘llanmasini naqd qildi. Qizlar jamoamizdan 6 nafari 1/2 final bosqichiga chiqdi.
Bugun, 8 avgust kuni yarim final bosqichida 12 nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi. Darvoqe, +80 kg vazndagi Sobiraxon Shahobiddinova qur’aga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Juftliklar bilan tanishing:
-48 kg: Maftuna Musurmonova - Thao Than Lus (Vetnam)
-60 kg: Sevara Mamatova - Alina Kudaigenova (Qozog‘iston)
-70 kg: Rayhona Qurbonboyeva - Zarina Asanova (Qirg‘iziston)
-75 kg: Maftuna Yangiyeva - Tongtong Gu (Xitoy)
-80 kg: Ruxshona Parpiyeva - Kuralay Yeginbaykizi (Qozog‘iston)
-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov - Tortubek Adilet (Qozog‘iston)
-65 kg: Jahongir Zayniddinov - Yuheng Li (Xitoy)
-70 kg: Abdulaziz Jo‘raqulov - Mohammad Saleh Roozbahani (Eron)
-75 kg: Muhammadjon Yaqupboyev - Usman Kaparov (Qirg‘iziston)
-80 kg: Norbek Abdullayev - Heon-Seung Jeong (Janubiy Koreya)
-85 kg: Samir Sobirov - Damheon Park (Janubiy Koreya)
+90 kg: Islam Salihov - Abbas Garshasbi (Eron)
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA