“Hizbulloh” Livan hukumatining qurol-yarog‘ ustidan davlat monopoliyasini o‘rnatish qarorini rad etib, qurolsizlanish talabini tan olmadi. Bu haqda BBC xabar berdi. Harakat Livan hukumatining bu qaroriga 6 avgust kuni “Biz bu qarorni go‘yoki bo‘lmagandek qabul qilamiz. Bu katta gunohga teng” deya munosabat bildirgan.

Janubiy Afrikada buqa amerikalik millioner Esher Uotkinsni ov safari paytida shoxlab o‘ldirdi. Bu haqda New York Post xabar berdi. Voqea Limpopo viloyatida sodir bo‘lgan. 52 yoshli millioner og‘irligi qariyb 1,5 tonna bo‘lgan buqani otmoqchi bo‘lgan. Biroq to‘satdan hayvon hujum qilishi oqibatida halok bo‘lgan. Buqa kutilmaganda katta tezlikda erkak tomon tashlanib, shoxlari bilan bir zarbada uni o‘ldirgan.

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan kelasi haftada uchrashishi mumkinligini bildirdi. Unga ko‘ra, uchrashuvda Ukrainadagi urushini tugatish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu haqda CNN xabar berdi. Trampning bildirishicha, Putin bilan AQSHning maxsus vakili Stiv Vitkof o‘rtasidagi Moskvada bo‘lgan uchrashuv samarali bo‘lgan, biroq aniq yutuqlarga erishilmagan. AQSH davlat kotibi Marko Rubio ushbu uchrashuvdan so‘ng Rossiyaning tinchlik sulhi uchun qanday shartlari borligini yanada aniqroq tushunganini bildirgan.

G‘azoning HAMAS harakati tomonidan 2023 yil 7 oktyabr kuni Isroilga amalga oshirilgan hujumda omon qolganlar va halok bo‘lganlarning qarindoshlari Meta kompaniyasini sudga berdi. Bu haqda Arab News xabar berdi. Da’vo qilinishicha, kompaniyaning Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlari o‘sha kungi hujumni jonli efirga uzatgan. Bu da’vo Tel-Aviv okrug sudiga topshirilgan bo‘lib, unda tarmoqlar “zo‘ravonlikni jonli efirda namoyish etish vositasiga aylangani” uchun ayblanmoqda. Javobgar sifatida tilga olingan Meta’dan taxminan 1,17 milliard dollar miqdorida tovon puli talab qilingan.

AQSHning Pensilvaniya shtatida 22 yoshli Jeykob Bakli prezident Donald Trampni o‘ldirish bilan tahdid qilganlikda ayblandi. Bu haqda Centre Daily Times xabar berdi. Ayblovga yigitning TikTok ijtimoiy tarmog‘ida yozgan postlari sabab bo‘ldi. U 2025 yil 16 yanvar kuni, Tramp hali saylangan prezident maqomida bo‘lgan paytda, unga va uning tarafdorlariga qarshi tahdidli postlar joylashtirgan.

Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq birinchi xonim Kim Kon Xini hibsga olish uchun sudga murojaat qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi. Ta’kidlanishicha, prokurorlar bu haqda 7 avgust kuni ma’lum qilgan. Bungacha sobiq birinchi xonim korrupsiyada ayblanib tergov qilinayotgan edi. Ayni paytda, prokuratura hibs orderi bilan bog‘liq batafsil ma’lumot bermagan. Kimning advokatlari unga qo‘yilgan ayblovlarni rad etmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Uj1b52kiV6Y" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)