O‘zbekiston va Indoneziya aviatsiya tuzilmalari fuqaro aviatsiyasi va ziyorat turizmi sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yangi kelishuv imzoladi. Bu haqda transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur hujjat “O‘zbekiston-2030” strategiyasining 2030 yilgacha havo qatnovini to‘rt barobar oshirishni nazarda tutuvchi 53-maqsadini amalga oshirish doirasida qabul qilindi.

Jakartada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mamlakatimiz Transport vazirligi delegatsiyasi a’zolari hamkor tomonga respublikamizda ziyorat turizmi va fuqaro aviatsiyasini isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumot taqdim etildi. “Umra plyus” dasturini rivojlantirish istiqboli ham muhokama qilindi.

Muzokara yakunida mustahkamlangan aviakompaniyalar soniga nisbatan ilgari mavjud bo‘lgan cheklovlarni bekor qilishga kelishib olindi.

Bundan tashqari O‘zbekiston aviatashuvchilari uchun yangi hisoblangan Denpasar, Surabaya, Medan, Yogyakarta, Majalengka, Banda Asex, Tanjung Pandan, Lombok kabi  yo‘nalishlar belgilab olindi.

Tomonlar har bir mamlakat uchun reys sonini haftasiga 28 taga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Indoneziya aviakompaniyalariga O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlardan foydalanishga ruxsat berildi.

M.Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Indoneziya fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda