Samarqandda shu nomdagi sport musobaqalarining viloyat bosqichiga start berildi.
Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov mazkur turnir milliy terma jamoalar uchun iqtidorli yoshlarni saralashga xizmat qilishini ta’kidladi va ishtirokchilarga omad tiladi.

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalari doirasida yoshlar dzyudo, boks, taekvondo WT, og‘ir atletika, yunon-rum kurashi, erkin kurash, yengil atletika, stol tennisi, badiiy gimnastika, basketbol bo‘yicha bellashadi.

Musobaqaning viloyat bosqichi g‘oliblari har yili Olimpiya shaharchasida o‘tkaziladigan Prezident olimpiadasida ishtirok etadi.


G‘oliblar uy, avtomobil kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishi hamda birinchi va ikkinchi o‘rinni olgan sportchilar Respublika olimpiya va paralimpiya markaziga qabul qilinishi belgilangan.
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari