O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari tomonidan joylarda yoshlar bilan ochiq muloqotlar, uchrashuvlar va so‘rovnomalar o‘tkazilib, ularning dolzarb muammolari o‘rganilmoqda.
2025 yil 31 iyul kuni qator hududlarda uchrashuvlar tashkil etildi. Jumladan:
▪️ «Miskin» mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning «yettiligi» bilan uchrashuv
▪️ Teri kasalliklari dispanserida tibbiyot sohasidagi yoshlar bilan suhbat
▪️ «N’Medov» xolding kompaniyasida ishchi yoshlar bilan muloqot
▪️ Mato ishlab chiqarish korxonasida bandlik va sharoitlar o‘rganildi
Uchrashuvlar davomida yoshlarning qator masalalardagi muammolari aniqlandi:
– mutaxassislik bo‘yicha ishga joylasha olmaslik
– tadbirkorlikka kirishishda moliyaviy to‘siqlar
– bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish imkoniyatlarining yetishmasligi
– sport va madaniyat sohalaridagi sharoitlar
Shuningdek, yoshlar tomonidan ilgari surilgan takliflar – mahallada yoshlar markazlari tashkil etish, kitobxonlikni rag‘batlantirish, onlayn ta’lim platformalarini kengaytirish bo‘yicha takliflar ham alohida qayd etildi.
Yoshlar parlamenti a’zolari ushbu muammo va takliflarni umumlashtirib, tegishli davlat idoralariga yetkazish va amaldagi dasturlar orqali yechim topishni rejalashtirmoqda.
Bu tashabbuslar orqali yoshlarning ovozi eshitilishi, muammolari hal qilinishi va davlat siyosatini shakllantirishda ularning ishtirokini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/yKI1a3TGU8U?si=wzo1NS3HVUqBpU2-" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin NURIDDINOV, Abror SODIQOV, Ulug‘bek TO‘XTAEV, O‘zA