G‘azodagi ocharchilik muammosi dunyo jamoatchiligini yana bir bor larzaga soldi. Bu gal voqea joyida olingan video lavha, hisobot yoki rasmiy bayonot emas, balki ozg‘in bola tasvirlangan surat global axborot maydonida mislsiz bahs keltirib chiqardi.

Eng achinarlisi, ko‘pchilik inson fojiasiga e’tibor qaratmasdan, fotojurnalistika va axloqiy mas’uliyat to‘g‘risidagi mushohadaga kirishib ketdi. Tanasi o‘ta ozg‘in, zaif Muhammad Zakariyo Al-Mutavakning timsoli “The New York Times” gazetasining birinchi sahifasida “G‘azoda ochlikdan o‘layotganlar” sarlavhasi bilan e’lon qilindi. Surat haqida tezda BBC, CNN kabi telekanallarda lavha tayyorlandi. Tabiiyki, millionlab insonlar G‘azodagi vaziyat naqadar chuqur, fojiali ekanligiga yana bir bor iqror bo‘ldi.

Bir necha kun o‘tmay, mustaqil jurnalistlar va tadqiqotchilar aslida bolaning bunday holga tushishi ochlik emas, go‘yoki, oldindan mavjud bo‘lgan og‘ir kasallik asorati ekanini ma’lum qildi. Mustaqil surishtiruvchi jurnalist Devid Kolliyer esa fotografni vaziyatni tasvirlash uchun atay kasal boladan foydalanishda aybladi.

Oxir-oqibat “The New York Times” tahririyati holatga aniqlik kiritishga majbur bo‘ldi. Muhammadning tibbiy holati haqidagi ma’lumot asosida maqola yangilandi. Ma’lum qilinishicha, suratdagi bola haqiqatan kasallikka chalingan, ochlik tufayli esa bolaning holati yanada og‘irlashgan. Uning onasi Hidoya Al-Muta bolasi betobligini ta’kidlagan holda, G‘azodagi oziq-ovqat tanqisligi, dori-darmon yetishmasligi ta’sirida farzandi ahvoli og‘irlashganini tan olgan.

Darvoqe, rasmni Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligida ishlovchi mustaqil fotograf Ahmad Al-Ariniy olgan.

Ba’zilar ayni yondashuv G‘azo fojiasini yoritish uchun zarur, deydi. Boshqalar bunday suratlar shaxs qadrini poymol qilish va manipulyatsiya, deb hisoblamoqda. Ayni ikki xil qarash bir necha muhim savolni yuzaga chiqardi. Ko‘pchilik aslida bu surat inqirozni yoritish uchun muvaffaqiyat vositami yoki manipulyatsiya shaklimi, deya muhokamaga berilib ketdi. Surat bosilishiga qarshi chiqqanlar aslida G‘azodagi asl vaziyatni ko‘rib turib, ko‘rmaganlikka olishadi. Go‘yoki, shaxs qadri poymol etilayotgani dastak qilinib, ikkinchi tomon g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi, deyish mumkin.

Bolakayning surati qanchalik bahsli bo‘lmasin, u yashayotgan muhit inkor qilib bo‘lmaydigan darajada yomonlashgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil G‘azoda ocharchilik va to‘yib ovqatlanmaslik ortidan kamida 74 kishi halok bo‘lgan. Ularning aksari bolalar. Sektorga insonparvarlik yordami yo‘li Isroil tomonidan to‘sib qo‘yilmoqda. Buni “aholiga qarshi qo‘llanayotgan jamoaviy jazo shakli” sifatida baholash ham mumkin.

Qolaversa, hozir nafaqat voqelik, balki axborot maydonida ham urush kechayotganini ko‘rsatadi. Har bir surat, har bir xabar siyosiy nuqtai nazarni mustahkamlash, qarashni o‘zgartirish yoki insonparvarlik yordami talab qilish vositasiga aylanmoqda. Bugun G‘azoda ahvol nihoyatda og‘ir. Eng achinarlisi – begunoh bolalar halok bo‘lmoqda. Faqat ayni dam bir narsani aniqlab olish zarur. Nima muhim? Mavjud holatni bartaraf etishmi yo muayyan holat tasvirlangan suratni muhokama qilish...

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2SwtWQGdS-Y" title="Bir suratga ikki xil nazar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir suratga ikki xil nazar (+video)