Janubiy Koreyada milliy sportimiz kurash bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tgan qit’a chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Kutib olish marosimida ishtirok etgan sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov, O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Qodirov, keng jamoatchilik vakillari, sportchilarning ota-onalari chempionatda mahoratli sportchilarimizning g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgani quvonchli voqea bo‘lishi qatorida, milliy sportimiz targ‘iboti, uning jahonda yanada keng ommalashishida katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.

Janubiy Koreya kurash maydonlarida o‘tgan musobaqalarda 45 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza, jami 53 ta medalga sazovor bo‘lish yo‘lida yosh sportchilarimiz Hindiston, Janubiy Koreya, Eron, Vetnam kabi davlatlarning kurashchilariga munosib qarshilik ko‘rsatdi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kurash: Osiyo chempionatida Vatan sha’nini ulug‘lagan sportchilar tantanali kutib olindi