Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 17-turi doirasida “Navbahor” – “So‘g‘diyona”, “Mash’al” – “Dinamo” jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.

Namangandagi “Markaziy” stadionda o‘tgan “Navbahor” – “So‘g‘diyona” bahsining 8-daqiqasida mezbonlar vakili Zabihillo O‘rinboyev hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida Zoir Jo‘raboyev hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa, Namangan jamoasi 28 ochkoga ega chiqdi. Jizzax klubi esa ochkolar sonini 17 taga yetkazib oldi.

Joriy yilgi mavsumni ancha muvaffaqiyatli o‘tkazayotgan “Dinamo” klubi bu turda “Mash’al” mehmoni bo‘ldi va 3:2 hisobida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mazkur o‘yindan so‘ng Vadim Abramov shogirdlari ochkolar sonini 33 taga yetkazib oldi. "Mash’al" muvaffaqiyatsizlik evaziga 15 ochko bilan qoldi.

Bugun, 7 avgust kuni “Qo‘qon-1912” – “Neftchi” va “Nasaf” – “Andijon” bahsiga guvoh bo‘lamiz.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Dinamo” safardan 3 ochko bilan qaytdi