Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo chempionatining U22 yosh toifasidagi bahslarida 1/2 final janglari o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda 14 nafar bokschilarimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, yigitlar o‘rtasida Samandar Olimov, Shohrux Abdumalikov, Sayat Ilyasov, Muhammadazizbek Ismoilov, Shavkatjon Boltayev, Rahmatillo Boymatov, Abdulaziz Abdurahmonov, Shahzod Polvonov va Halimjon Mamasoliyev kabi bokschilarimiz musobaqa g‘olibligi uchun ringga ko‘tariladi.  

Qizlar o‘rtasida esa Robiyaxon Baxtiyorova, Gulsevar G‘aniyeva, Uzukjamol Yunusova, Xumorabonu Mamajonova hamda Oysha Toirova Osiyo chempionligi uchun ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. Darvoqe, O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 14 nafar finalchi bilan doimgidek birinchi bo‘ldi va ular 11 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan final janglarida ringga ko‘tariladi.

Terma jamoamiz tarkibidan joy olgan Behruz Xoldorov, Odinaxon Ismoilova, Mohira Ahmedova hamda Diyoraxon Abdumannopova bronza medali bilan taqdirlandi.  

Bugun, 7 avgust kuni Osiyo chempionatining U19 yosh toifasida chorak final bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda terma jamoamizning 10 nafar a’zosi yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
U22 yosh toifasidagi bokschilarimizning 14 tasi finalga yo‘l oldi