Tahlil va taklif
Yurtimizda oila institutini mustahkamlash, uning nufuzini oshirib, huquqiy asoslarini tokomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, erta nikohning oldini olish va sog‘lom farzandni dunyoga keltirish masalalari hamisha dolzarb sanalgan.
Darhaqiqat, xalqimizda “Qushning ham uyi buzilmasin” degan naql bor. Qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga keladigan bo‘lsak, uning ortidan paydo bo‘luvchi noxush holatlar, oilaning darz ketishi ikki kishining ajralishi bilan tugamaydi. Butun boshli qarindoshlar yuz ko‘rmas bo‘lib qoladi. Ba’zan yosh oila vakillarining alohida yashashga bo‘lgan xohishi ham hayotiy muammo darajasiga ko‘tarilib, turlicha talqin qilinadi.
Mana shunday vaziyatlarda oila qurgan yoshlar o‘zlari istagan qaror bilan yo‘l tutishi qay darajada o‘rinli? Yana bir jihat – aslida oilani eng ko‘p qaysi sabablar ajrim yoqasiga olib kelmoqda?
Albatta bu kabi masalalar hayotiy tajriba va ilmiy salohiyatga ega mutaxassislar talqinida ta’sirli tus olaveradi.
Ayni savollarga “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Jamila SHERMUHAMMEDOVA bilan suhbatlashib, javob qidirdik.
Videosuhbatni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hRDoRwiBnUI" title="Tahlil va taklif" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV,
Abror SODIQOV,
Ulug‘bek TO‘XTAEV, O‘zA