Shu kunlarda Turkmanboshi shahridagi “Avaza” milliy turizm hududida BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi (LLDC3) bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston uchun mazkur forum shunchaki infratuzilma va logistika bilan bog‘liq emas, balki suveren rivojlanish ustuvorligi, mintaqaviy integratsiya va global boshqaruvda me’yor tadbirkorligiga asoslangan izchil tashqi kun tartibini loyihalash uchun strategik imkoniyatdir. Shu ma’noda yetakchi xorijiy nashrlar delegatsiyamizning mazkur anjumandagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratayotgani tasodif emas.

Masalan, Belgiyaning yetakchi “EUReflect” nashri Avaza sammitida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan takliflar, xususan Markaziy Osiyo mintaqasidagi logistika integratsiyasi jarayonini batafsil sharhlagan.

Muallif yozishicha, avvalgi yondashuvlardan farqli o‘laroq, O‘zbekiston hozirda yangi institutlar, konsepsiyalar va koalitsiyalar yordamida xalqaro muhitni qayta shakllantirishga intilmoqda.

– Prezident Shavkat Mirziyoyevning Avazadagi nutqi mamlakat tashqi siyosatidagi yangi strategik yo‘nalishni yaqqol namoyon etdi, – deydi tahlilchi. – Bildirilgan takliflar quruqlikda joylashgan mamlakatlar uchun puxta ishlab chiqilgan geoiqtisodiy doktrina bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, maqolada BMT shafeligida tranzit kafolati bo‘yicha Global kelishuvni imzolash chaqirig‘i Toshkentning ikki tomonlama muzokaradan adolatli tranzit qoidasini ko‘p tomonlama tatbiq etishga o‘tish istagini aks ettiradi, deyilgan. Bu LLDC formatiga tranzit mamlakatlardagi bir tomonlama siyosat o‘zgarishiga nisbatan zaiflikdan qutulish imkonini yaratadi – logistika nafaqat texnik, balki suveren tenglik masalasi ekanini isbotlaydi.

Janubiy transport yo‘laklari, xususan O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston hamda Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘llari respublikaning strategik yo‘nalishdagi ijobiy o‘zgarishlaridan dalolat. Bu loyihalar Markaziy Osiyoni Janubiy va Sharqiy Osiyo hamda Yaqin Sharq bilan bog‘lovchi sifatida qayta jonlanayotgan geosiyosiy o‘qqa ga aylantiradi.

Umumuan, BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Logistika integratsiyasi jamg‘armasi va LLDC uchun Global zaiflik indeksini tashkil etish taklifi yanada chuqurroq – resurs va bozorga adolatli kirish uchun yangi global vositalarni shakllantirish maqsadini ifodalaydi. Xullas, O‘zbekiston endi o‘zini global rivojlanish arxitekturasi hammuallifi sifatida ko‘rsatmoqda.

Davlatimiz LLDC xalqaro tahliliy markaziga qo‘shilishi intellektual yetakchilikning global masalalardagi rolini yaqqol anglashidan dalolat. Mohiyatan, tarqoq globallashuv va kuch markazlari o‘zgarishi kuzatilayotgan bir davrda Toshkent o‘zini platforma davlati sifatida ko‘rsatishga intilmoqda. Bu nafaqat mintaqalarni bog‘lab turuvchi, balki dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan davlatlar uchun global boshqaruvning me’yoriy va institutsional dizayniga ham ta’sir ko‘rsatadi.

O‘tkir Alimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorij matbuoti O‘zbekiston haqida