Bugun, 6 avgust kuni AQSHning Aleksandriya shahrida maktab o‘quvchilari jamoalari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha o‘tayotgan jahon chempionatining 6-turida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan “Wisdom” jamoasi Shveysariyaning “Kantonsschule Alpenquai Luzern” jamoasini 2,5:1,5 hisobida dog‘da qoldi.

Uchrashuv davomida yosh shaxmatchilarimizdan Sherali Ravshanov, Oriyat Obidjonov, Madinabonu Xalilova raqiblari bilan murosaga kelgan vaziyatda Sarvinoz Bekmuratova jamoamizga g‘alabani tortiq etdi. 

7-tur o‘yinlari ostonasida o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari jamoasi 10 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobiga 5-o‘rinda bormoqda. 

Turnir jadvalini 12 ochko bilan Hindistonning “Velammal MHS School” jamoasi boshqarayotgan bo‘lsa, Qozog‘istonning “Seed Educational Complex”, AQSHning “The Harker School”, Shri-Lankaning “Royal College” jamoalari ham hamyurtlarimiz singari 10 ochko bilan keyingi pog‘onalarni band etgan. 

Ertaga chempionatning so‘nggi kunida 7 va 8-tur o‘yinlari o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. 

Vatanimiz sharafini himoya qilayotgan “Wisdom” jamoasi 7-turda 8 ochko bilan 12-o‘rindan joy olgan AQSHning "University High School" jamoasi bilan kuch sinashadi. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur jahon chempionatida 40 ga yaqin mamlakatning 55 ta maktab shaxmat jamoalari ishtirok etmoqda. 

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shveysariya jamoasini yenggan yosh shaxmatchilarimiz ertaga amerikaliklar bilan kuch sinashadi