Tadbirkorlar faoliyatida o‘tkaziladigan har qanday tekshirish, monitoring va nazorat tadbirlarida adolat mezonlari va qonun ustuvorligi muhim sanaladi. Bu borada Biznes-ombudsman devoni vakillari tadbirkorlarning ishonchli vakiliga aylanib ulgurgan.

Shu sabab devonga tadbirkorlar tomonidan yuzlab murojaatlar kelib tushadi. Mas’ullar bu murojaatlarning hech birini e’tibordan chetda qoldirmaydi.  

Shunga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlar faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar tartibi bilan bog‘liq tarqalayotgan turlicha talqinlar xususida Biznes-ombudsman matbuot xizmati rahbari Guljamol Shukurova quyidagilarni gapirib berdi:  

– Bugungi kunda jurnalistlar va jamoatchilik tomonidan “Inson hayotiga yoki sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlarda, jumladan, xususiy klinikalardagi o‘lim, gaz zapravkalarda portlash holatlari, ekologiyaga zarar yetkazayotgan korxonalardan chiqayotgan zaharli gazlar kabi holatlarda nega nazorat organlari zudlik bilan chora ko‘rish o‘rniga Biznes-ombudsmandan rozilik olishi kerak?” degan savollar ko‘p berilyapti. Shu savollarga aniqlik kiritish maqsadida tegishli qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar haqida aytib o‘tsam.

Xususan, 2025 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar Biznes-ombudsmanni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi orqali xabardor qilish tartibida o‘tkazib kelinmoqda. Ya’ni, tekshiruvchi tadbirkorni tekshirishga asosi bo‘lsa, shu tizimga kiradi, tekshiruv o‘tkazish bilan bog‘liq hamma hujjatni bazaga kiritadi va tekshiruvga chiqadi.  

Bunda Biznes-ombudsman bilan tekshiruvlarni kelishish tartibi butunlay bekor bo‘lgan. Hozirgi kunda hech qaysi nazorat qiluvchi organ tekshiruv o‘tkazmoqchi bo‘lsa, Biznes-ombudsman bilan kelishmaydi.  

Bundan tashqari, inson sog‘lig‘i va hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan va tezkorlik bilan chora ko‘rishni talab qiladigan holatlarda tekshiruvlar hattoki tekshiruv boshlanganidan so‘ng 24 soat ichida maxsus platforma orqali xabardor qilish tartibida o‘tkaziladi.  

Xo‘sh, nega qonunchilikka bu o‘zgarish kiritildi, ya’ni kelishuv tartibi bekor bo‘ldi. Aynan mana shu yuqoridagi kabi holatlarda, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati past bo‘lgan, inson salomatligi va hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlarda tezkorlik bilan chora ko‘ra olish va vaqt yo‘qotmaslik maqsadida joriy etildi.  

Shu o‘rinda tadbirkorlarimizda va keng jamoatchilikda “Tekshiruvlar qonuniyligi qanday monitoring qilinadi? Bu narsa asossiz tekshiruvlarga va tekshiruvlar ko‘payishiga olib kelmaydimi?” degan savollar tug‘ilishi tabiiy. Bu jarayon to‘liq raqamli platforma orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun xam tekshiruv haqida barcha ma’lumotlar platformaga kiritilishi juda muhim. Platformaga kirmay qolgan tekshiruvlar haqida ma’lumotlar o‘z-o‘zidan monitoring jarayonidan va javobgarlikdan chetda qoladi.  

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joiz, joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida noqonuniy o‘tkazilgan tekshiruvlar va tekshiruv tartibini buzish holatlari bo‘yicha 729 nafar mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.  

Bunda agarda inson sog‘lig‘i va hayoti bilan bog‘liq holatlarda tekshiruv o‘z vaqtida o‘tkazilmayotgan bo‘lsa, tekshiruvlarni kelishish amaliyotini sabab qilib ko‘rsatmaslikni va keng jamoatchilikni chalg‘ituvchi ma’lumotlarni tarqatmaslik kerak deb o‘ylayman.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy o‘tkazilgan tekshiruvlar bo‘yicha 729 nafar mansabdor ma’muriy javobgarlikka tortilgan