Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlar shakllangan. Eng asosiysi, yurtimizdagi barcha millat va elatlarning tengligi, o‘zaro do‘stligi huquqiy jihatdan kafolatlangan.

Andijon viloyatida ham turli millat va elat vakillari ahil inoqlikda yashab kelmoqda. O‘zbekiston fuqarosi sifatida ular amaldagi barcha huquq va erkinliklardan to‘laqonli foydalanmoqda. Ayniqsa, ularning o‘z ona tillarini o‘rganishlari, milliy an’ana va urf-odatlarini rivojlantirishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Buni viloyatda faoliyat yuritayotgan respublika Qirg‘iz, Rus, Uyg‘ur, Koreys hamda Arman milliy madaniy markazlari  bo‘limlari faoliyati misolida ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston Qirg‘iz milliy madaniy markazi Andijon viloyati bo‘limi 1996 yilda tashkil etilgan. Bugun Andijon viloyatida 150 mingdan ziyod qirg‘iz millati vakillari yashaydi. Ular Jalaquduq, Xo‘jaobod, Marhamat, Qo‘rg‘ontepa tumanlari hamda Xonobod shahrida nisbatan uyushgan holda istiqomat qiladi. Viloyatda ularning milliy an’ana va urf-odatlarini davom ettirish, o‘z ona tilida ta’lim olishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. 

– Markazimiz tomonidan O‘zbekistonda yashayotgan turli xalq, millat va elatlarning o‘zaro do‘stligi va totuvligini mustahkamlash, yurtni obod qilish, tinchligini asrashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi O‘zbekiston Qirg‘iz milliy madaniy markazi Andijon viloyati bo‘limi rahbari Obidjon Nosirov.  

Darhaqiqat, milliy madaniy markaz tashabbusi bilan viloyatning Andijon, Xonobod shaharlari, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz”, “Qudratimiz birlik va hamjihatlikda”, “O‘zbekiston – yagona vatanim”, “Tug‘ilgan yer – Vatandir”, “Ona yagona, Vatan bittadir”, “Ahil va inoqligimiz – do‘stligimiz poydevori”, “Shu aziz yurt – barchamizniki!” kabi mavzularda do‘stlik festivallari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuv va muloqotlar o‘tkazib kelinmoqda. Shuningdek, joylarda qirg‘iz milliy bayramlariga bag‘ishlangan tadbirlar ham doimiy ravishda o‘tkaziladi.

– Keyingi yillarda yurtimizda yashayotgan qirg‘iz millati vakillariga o‘z ona tilida bilim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani bizni behad quvontiradi, – deydi Andijon davlat pedagogika instituti filologiya fakulteti qirg‘iz tili ta’limi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktori, dotsent Mahbubaxon Temirova. – Institutimizda qirg‘iz tili ta’limi kafedrasi tasarrufida uchta - qirg‘iz tili va adabiyoti, maktabgacha ta’lim hamda boshlang‘ich ta’limi yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishlarda 60 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. 

Bundan tashqari, ayni kunda viloyatdagi bitta davlat ixtisoslashgan umumta’lim maktabida ta’lim to‘la qirg‘iz tilida olib boriladi, bundan tashqari, 21 ta maktabda qirg‘iz va o‘zbek-qirg‘iz tillarida o‘qiydigan sinflar bor. Ushbu maktablar qirg‘iz tilidagi darsliklar bilan ta’minlangan. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘qituvchilarga zarur uslubiy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Shu bilan birga maktab kutubxonalarini qirg‘iz tilidagi adabiyotlar bilan boyitish maqsadida davlat hisobidan o‘zbek adabiyotining taniqli namoyandalari G‘ofur G‘ulom, Oybek, Abdulla Qodiriy, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, O‘tkir Hoshimov, Muhammad Yusuf kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari qirg‘iz tiliga tarjima qilinib, kitob etib chop etilgan. Ana shu  kitoblar yuqoridagi maktablarga yetkazilgan. 

[gallery-24623]

Markaz tashabbusi bilan viloyatda yashab, ijod qilayotgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlarda millatlararo do‘stlik, yurtga sadoqat mavzulari targ‘ib etilmoqda. Andijonlik ijodkorlar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Bahodir Andijoniy, Xurshida Vahobjon qizi, Habib Siddiq singari ijodkorlarning qator asarlari qirg‘iz tiliga tarjima qilingan.  Markaz  tomonidan ijodiy uyushmalarning viloyat bo‘limlari, Maktab va maktabgacha ta’lim tuman, shahar bo‘limlari bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarida qirg‘iz yozuvchi va shoirlari, xususan, buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov hayoti va ijodini o‘rganish, targ‘ib etishga qaratilgan adabiy tadbirlar o‘tkazib kelinadi. 

Qirg‘iz milliy madaniy markazi viloyat bo‘limi nafaqat o‘zbek va qirg‘iz, umuman, millatlararo do‘stlikni mustahkamlash, balki qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi bilan madaniy, ma’rifiy, ta’lim sohalaridagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash ishlariga ham salmoqli hissa qo‘shmoqda. Jumladan, bo‘lim tashabbusi bilan qirg‘izistonlik olimlar, madaniyat, ma’naviyat sohalari vakillari ishtirokida viloyatda yashovchi qirg‘izlar bilan uchrashuvlar, muloqot va davra suhbatlari doimiy ravishda o‘tkazib kelinadi. 

Jumladan, O‘sh davlat universitetining bir guruh olimlari viloyatdagi qirg‘iz tilida o‘qitiladigan maktablarda bo‘lib, o‘quvchi yoshlar, pedagoglar bilan uchrashuv va muloqotlar o‘tkazdi. Mehmonlar maktablardagi shart-sharoitlar, yaratilgan imkoniyatlarga yuqori baho berdi. Ayniqsa, O‘zbekistonda boshqa millat vakillariga ko‘rsatilayotgan e’tibor alohida e’tirof etildi. 

Qirg‘iziston Respublikasi “Til” jamiyati rahbari Raimjon Qurbonov Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 30- davlat ixtisoslashtirilgan maktabi, Jalaquduq tumanidagi 15- umumta’lim maktabi o‘quvchi va o‘qituvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. 

– Qirg‘iziston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bosh bo‘lgan “Til” jamiyati rahbari maktabimiz faoliyati, o‘quv jarayonlari bilan tanishib, ochig‘i, maskanimizda yaratilgan sharoitlarga havasi keldi, – deydi Jalaquduq tumanidagi 15- umumta’lim maktabi direktori Gulmira Qodirova. – Haqiqatdan ham viloyatning chekka hududlaridan birida joylashgan maktabimizda qirg‘izlarning o‘z ona tilida bilim olishi, o‘qib-o‘rganishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. 

Shuningdek, markaz tashabbusi bilan 27 nafar andijonlik ayollar Jalalobod viloyatidagi dam olish oromgohida dam olib qaytdi. U yerda qirg‘izistonlik ayollar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda turli yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash xususida dildan suhbatlar o‘tkazildi. Chegara hududlarida yashovchi o‘zbek va qirg‘iz ayollarining ana shunday uchrashuv-muloqoti Andijon shahrida ham bo‘lib o‘tdi.

Viloyatda yashayotgan barcha millat vakillari qatori qirg‘iz xalqi vakillari ham yurtimiz rivoji, taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilib kelmoqda. Ayniqsa, Markaz faollari – Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 30- davlat ixtisoslashgan maktabi direktori Talaybek Qoraboyev, Jalaquduq tumanidagi 15- umumta’lim maktabi direktori Gulmira Qodirova, Jalaquduq tumanidagi “Oxunboboyev” MFY Xotin-qizlar faoli Shohista Norqo‘ziyeva, Xo‘jaobod tumanidagi 10- umumta’lim maktabi o‘qituvchisi, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Oysuluv To‘ychiboyeva, mehnat faxriylari - qo‘rg‘ontepalik Kelsinoy So‘pibekova, Xonobod shahrida yashovchi Anorxon Normatova, xo‘jaobodlik Davlatxon Mamatbekova, marhamatlik Kamoliddin Yormatov singari insonlarning mehnatlari alohida e’tirofga loyiq.

– Millatim qirg‘iz, lekin O‘zbekiston fuqarosiman, – deydi jalaquduqlik mehnat faxriysi Safarali Abdurahimov. – Yurtimizda olib borilayotgan odilona millatlararo siyosat tufayli mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlar shakllangan. Yurtimizda millatlararo totuvlik, insonni ulug‘lash, mehnatini qadrlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Men ancha yillardan buyon nafaqada bo‘lsam ham faxriy jurnalist sifatida iyun oyida o‘tkazilgan Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan  tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdim, viloyat hokimining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandim, e’tibordan ko‘nglim tog‘day ko‘tarildi. Ochig‘i, O‘zbekistonda yashayotganligim, shu yurt fuqarosi ekanligimdan qalbim faxrga to‘ladi. 

Bir so‘z bilan aytganda, turli millat, elat vakillari emin-erkin yashab kelayotgan O‘zbekistonimizda millatlararo do‘stlik aslo zavol topmaydi. Chunki, ular  ona Vatanimiz tinchligi, ravnaqi yo‘lida bir jon, bir tan bo‘lib yashamoqda. O‘zbek va qirg‘iz xalqlari do‘stligi esa abadiydir.

Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umrzoqov, (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek – qirg‘iz do‘stligi abadiydir