O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimida xodimlar salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan loyihalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda ta’kidlanganidek, yurtimizda har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlash, xodimlarning yuksak kasbiy darajasini ta’minlash va ularning o‘z salohiyatini to‘liq namoyon qilishlari uchun qulay mehnat sharoitini yaratishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. 

Matbuot anjumanida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimida inson resurslarini boshqarish HR (Human resources) yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida jamoatchilikka axborot berildi.

Ma’ruzachilar tomonidan HR-transformatsiyaning bugungi kundagi ahamiyati va zaruriyati, ishga qabul qilish va tanlov jarayonlari, yangi xodimlar uchun moslashtirish (adaptatsiya) tizimi, ustoz-shogird (ish o‘rganuvchilik) tizimi asosida malakali xodimlar tayyorlash, ish haqi va rag‘batlantirish KPI (Key performance indicator) tizimi, xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish, xodimlar xayrixohligini oshirish tadbirlari kabi jami 8 ta yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

“2020–2025 yillarga mo‘ljallangan bank tizimini isloh qilish Strategiyasi”ga muvofiq, davlat ulushiga ega bo‘lgan banklarni korporativ transformatsiya qilish jarayonining 4 ta ustuvor yo‘nalishlaridan biri ham aynan kadrlar salohiyatini oshirishdir.

[gallery-24619]

Bu esa kadrlarni boshqarishning korporativ strategiyasini takomillashtirish, bank kadrlarini uzluksiz o‘qitish tizimini joriy qilish hamda har bir xodimning faoliyati natijalarini baholash asosida mehnatga haq to‘lashning zamonaviy tizimlariga o‘tish (KPI, bonus) kabi uchta muhim yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Bugungi kunda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimida 3 ming 160 ta xodim faoliyat olib bormoqda. Shundan 597 tasi yosh xodimlar sanaladi. Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, munosib mehnat sharoiti bilan ta’minlash masalasi bank boshqaruvining muntazam ravishda diqqat-markazida bo‘lib kelmoqda. 

“BRB Star Lab” loyihasi orqali esa ustoz-shogird an’analari asosida lavozimga tayyorlash choralari ko‘rilmoqda. Ustoz-shogird munosabatlariga asoslangan BRB maktabini joriy etishdan maqsad bankning tajribali mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalaridan foydalangan holda OTM bitiruvchilarini malakali mutaxassis qilib lavozimlarga tayyorlashdan iborat.

Hisobot davrida bankning Farg‘ona, Namangan, Andijon, Toshkent, Samarqand, Xorazm, Surxondaryo hududiy boshqarmalarida OTM bitiruvchilari o‘rtasida tanlovlar o‘tkazildi. Natijada 587 nafar nomzod tanlovda ishtirok etish uchun qiziqish bildirdi. 287 nafar nomzod dastlabki sinov bosqichida ishtirok etdi. 98 nafar nomzod dastlabki sinov bosqichidan o‘tgan bo‘lsa, 49 nafar nomzod 2-bosqich – suhbat jarayonlaridan o‘tgan va ish o‘rganuvchilikka qabul qilingan.

Matbuot anjumanida xodimlar ish haqi va rag‘batlantirish tizimiga kiritilgan o‘zgartishlar haqida ham ma’lumot berildi. Qayd etildiki, yangi tizim ishga yarasha adolatli haq to‘lash maqsadida ishlab chiqilgan va bunda xodim o‘z harakati bilan daromadini oshirib borishi, KPI tizimi orqali o‘z mehnatining samarasini nazorat qilishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, matbuot anjumanida xodimlar mehnatini muhofaza qilish va xayrixohligini oshirishga doir loyihalar bo‘yicha ham atroflicha ma’lumot berildi.

Ta’kidlandiki, 2024 yilda mehnat muhofazasi tadbirlariga va jamoa shartnomasining mehnat muhofazasi bo‘yicha bitimlaridagi tadbirlarini amalga oshirish uchun 3,075 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ sarflangan. Joriy yilning 1-yarim yilligida ushbu ko‘rsatkich 1,205 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

“BRB yosh iqtidorlari”, “Direktor bilan bir kun”, “Nafis ayollar klubi”, “Book challenge”, Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha “Debate club”, “Zakovat” musobaqalari va turli yo‘nalishlardagi sport tadbirlari jamoaviy muhitni yaxshilash va xodimlar xayrixohligini oshirishga xizmat qilmoqda. O‘z navbatida, ularni tinglash taklif va muammolariga quloq tutish maqsadida qayta aloqa kanali – BRB Voice Bot joriy qilindi va ayni paytda test rejimida ishga tushirildi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar mavzu yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldilar.

Dildora DO‘SMATOVA

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank xodimlari salohiyatini oshirish bo‘yicha anjuman