Choy – o‘zbekona suhbatlarning asosi, milliy mentalitetning ajralmas qismi. Ammo bu qadimiy ichimlik O‘zbekiston bozorlariga qayerdan va qanday yo‘llar bilan yetib kelmoqda? So‘nggi yillarda choy importiga bo‘lgan ehtiyojning oshgani va yetkazib beruvchilarning kengaygani kuzatilmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar– iyun oylarida O‘zbekistonga qiymati 23,3 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 15 ming 553 tonna choy import qilingan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ma’lum darajada o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Asosiy yetkazib beruvchilar Xitoy – 12 ming 475 tonna, Keniya – 659 tonna, Eron – 538 tonna, Qozog‘iston – 468 tonna, Hindiston – 382 tonna va boshqa davlatlardan 1 ming 31 tonna choy import qilingan.

Mazkur statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonga import qilinayotgan choyning 80 foizdan ortig‘i Xitoydan keltirilmoqda. Bu, bir tomondan, Xitoy choyining nisbatan arzon va ommabop ekani, boshqa tomondan esa, logistika va savdo aloqalarining qulayligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston aholisi orasida qora choy eng ko‘p iste’mol qilinadi. So‘nggi yillarda yashil choyga bo‘lgan qiziqish ortdi, bu sog‘lom turmush tarziga intilish bilan bog‘liq. Organik va maxsus damlamalar bozorda ko‘proq paydo bo‘lmoqda.

O‘zbekiston o‘z iqlimi tufayli tijorat darajasida choy yetishtirishga qulay emas. Shuning uchun importga bog‘liqlik tabiiy jarayon. Biroq bu bog‘liqlik narxlar tebranishiga juda ta’sirchan, ayniqsa valyuta kursi o‘zgarsa. 

Choy – o‘zbek xalqining madaniyati, mehmondo‘stlik belgisi va kundalik ehtiyoji. Uning importiga oid statistikalar nafaqat iqtisodiy holatni, balki iste’molchilarning ta’b va dididagi o‘zgarishlarni ham ko‘rsatib turibdi. Kelayotgan yillarda bu raqamlar yanada o‘zgarishi, sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirilgan maxsus choylarga bo‘lgan ehtiyoj ortishi va eng muhimi – mahalliy brendlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari oshishi mumkin.

Dildora DO‘SMATOVA

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonga choy asosan qaysi davlatdan import qilinadi?