Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 4 avgust kuni G‘azo sektorini to‘liq bosib olish haqida qaror chiqardi. Bosh vazirga ko‘ra, HAMAS tomonidan garovga olingan yahudiy harbiylari joylashgan hududlarda ham harbiy operatsiyalar o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu qaror Isroil mudofaa kuchlari bosh shtabi rahbari general-leytenant Eyal Zamirga yetkazilgan. Zamir qarorga rozi bo‘lmagan taqdirda uning iste’foga chiqishi bildirilgan.

Londondagi Xitrou aeroporti yaqinida Samsung mobil qurilmalarini tashiyotgan yuk mashinasi o‘g‘irlab ketildi. Umumiy zarar 10,6 million dollarga baholanmoqda. Jami 12 mingta qurilma yo‘qolgan, shundan 5 mingtadan ortig‘i — eng so‘nggi telefonlar bo‘lgan. Bu hodisa Buyuk Britaniyada qayd etilgan eng yirik elektron qurilmalar o‘g‘irliklaridan biri sifatida qayd etilgan.

Ispaniya aeroportlaridan birida ota-ona 10 yoshli o‘g‘lini hujjatlaridagi muammo sababli aeroportda qoldirib, o‘zlari ta’tilga jo‘nab ketishga harakat qildi. Bu haqda ispan mahalliy nashrlariga tayanib, Fox News xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, voqea Barselonadagi Jozep Tarradellas el Prat xalqaro aeroportida sodir bo‘lgan. Aeroport xodimlari bolaning pasport muddati o‘tgani bois uni samolyotga qo‘ymagan. Oqibatda ota-ona qarindoshlaridan birini aeroportga chaqirgan va bolani olib ketishini so‘rab, o‘zlari reysga chiqib ketgan. Samolyot uchishidan oldin uchuvchiga bu voqea haqida ma’lumot berilgan. Bolaning ota-onasi topilib, ular samolyotdan tushirib qoldirilgan. Politsiya bo‘limida ularga o‘g‘li topshirilgan.

Rossiya qurolli kuchlari tunda Ukrainaning Xarkov viloyatidagi temiryo‘l vokzaliga hujum qildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy xabar berdi.Viloyatdagi 50 ming kishilik Lozovaya shahri hujumga uchragan. Oqibatda muhim infratuzilma, ko‘p qavatli uylar va vokzalga zarar yetgan. Shahar qisman elektr ta’minotidan uzilgan. Hujum tufayli bir kishi halok bo‘lgani, 10 kishi jarohatlangani aytilmoqda. Ular orasida bolalar ham bor.

AQSH Oy uchun yadro reaktorini qurishni tezlashtiradi. NASAning vaqtinchalik rahbari Shon Daffi tegishli ko‘rsatma berdi. Daffining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy va Rossiya 2030 yil o‘rtalariga kelib Oyda reaktor o‘rnatmoqchi. NASA agar bu amalga oshsa, AQSHning imkoniyatlari cheklanishidan xavotirda. Sababi Xitoy va Rossiya “ehtimol yopiq hudud e’lon qilishi mumkin”.

AQSH Davlat departamenti ayrim xorijiy sayyohlar va biznes maqsadida mamlakatga keluvchi xorijliklardan 15 ming dollargacha viza garov puli undirishni rejalashtirmoqda. Ushbu dastur mamlakatda belgilangan muddatdan ortiq qolib ketish holatlarini cheklashga qaratilgan. Ta’kidlanishicha, mazkur tartib AQSH prezidenti Donald Trampning birinchi muddatida — 2020 yil noyabr oyida ilk marta taklif qilingan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ZGpFEyZoAZA" title="XALQARO DAYJEST" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)