«Sea Breeze» loyihasi ijtimoiy tarmoqda bosh mavzu bo‘lib turibdi. Muhokamalarda bildirilayotgan fikrlarni sinchiklab kuzatgan kishi borki, mualliflarning mazkur loyihaga katta xavotir bilan qarayotganini ko‘radi.  Bu juda to‘g‘ri yondashuv va jamiyatda ijtimoiy fikrning kuchi va qudratiga bo‘lgan ishonchning mustahkamlanib borayotganidan dalolat beruvchi ko‘rsatkichdir.

Buni tushunish mumkin, qo‘yilayotgan savollar ham   jiddiy. O‘zi suv tanqisligi muammosi tobora ko‘ndalang kun tartibiga qo‘yila boshlagan bir paytda boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Poytaxtning bosh ilinji bo‘lgan suv ombori tegrasida shunday katta loyihaning amalga oshirilishi har qanday kishini sergak torttirishi shubhasiz.

Ammo, masala shunchalik nazoratdan chetdami? Nahotki, hukumat bu loyihani ba’zi chiqishlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri iddao qilinganidek “sotmoqda”? Shunchalikka borish mumkin, deb o‘ylasak, bu albatta xato fikr bo‘ladi. Ayniqsa, dunyoni axborot boshqarayotgan bir zamonda buni tushunish uchun yanada teranroq nigoh kerak bo‘ladi, nazarimizda.

Keling, masalaning ayrim jihatlariga chuqurroq kirishga intilib ko‘raylik.

Birinchidan, «Sea Breeze» loyihasi aholi uchun nimalar beradi?

Hozirgi kunda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va hududning sayyohlik jozibadorligini oshirish uchun kurort zonalarini rivojlantirish muhim vazifa ekanligi isbot talab etmaydigan reallik. Bu jarayonga xorijiy investorlarni jalb qilish nafaqat kapital oqimini, balki ilg‘or texnologiyalar va standartlarni joriy etish, xalqaro talablar va dam oluvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan zamonaviy infratuzilma ob’ektlarini yaratish imkonini ham beradi.

Investitsiya uchastkasining joylashishi ekologik me’yorlarga qat’iy rioya qilish va strategik rejalashtirishga asoslangan vazmin va mas’uliyatli yondashuvni talab qiladi. Agar yondashuv shu talablarni inobatga olib amalga oshirilsa, tabiiy resurslarni asrab-avaylash va aholi hamda sayyohlar uchun qulay muhit yaratish, ayni paytda hududni rivojlantirish va ish o‘rinlarini yaratish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Bir so‘z bilan aytganda, yangi kurort lokatsiyasi barpo etilishi aholining iqtisodiy imkoniyati yuksalishi, muqim ish o‘rinlari yaratilishi, hududning qiyofasi, jozibadorligi oshishini ta’minlashi maqsad qilingan.

Hukumat komissiyasi Ozarbayjonning «Agalarov Development» MCHJ hamda uning qo‘shma korxonasi «Sea Breeze Uzbekistan» MCHJ tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi 577 gektar maydonda qurish rejalashtirilgan umummavsumiy kurort majmuasini ma’qulladi. Ushbu majmuaning qiymati 5 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi. Tanlangan loyiha hududni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladigan zamonaviy turizm infratuzilmasini yaratishni nazarda tutadi.

“Sea Breeze Uzbekistan” tasdiqlangan loyihani amalga oshirish doirasida bir qator majburiyatlarni 
o‘z zimmasiga oladi. 

Bular nimalardan iborat?

Kurort majmuasini qurishga kirishishdan oldin barcha loyiha yechimlari vakolatli davlat organlari bilan kelishilishi lozim. 

Bundan tashqari, kurort hududida iste’molchilarga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar tariflari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Kompaniya o‘z faoliyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish, barqaror qurilishning ekologik talablari va standartlariga rioya qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribaga tayanadi.

Xususiy mulk nima bo‘ladi?

“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi  doirasida qurilish hududidagi xususiy mulk ob’ektlari  bilan bog‘liq barcha masalalar hal etilishi talabi qo‘yilgan.   Bunga yuridik va jismoniy shaxslarning mulklari, shu jumladan, dala hovlilar va mulkchilikning boshqa shakllari kiradi. Ushbu yo‘nalishdagi barcha ishlar amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilingan   holda amalga oshiriladi.

 Xususiy mulk bo‘lgan ob’ektlar uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq kompensatsiya va huquqiy tartibga solish mexanizmlari nazarda tutilgan. Barcha tartib-taomillar hududni rivojlantirish va mulkdorlar huquqlarini saqlab qolish o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, shaffoflikni ta’minlash hamda har bir bosqichda o‘zaro tushunishga erishish yo‘li bilan hal etilishi nazarda tutilmoqda. 

Atrof-muhitni saqlash masalalari

Majmua hududida yashil maydonlarni saqlab qolish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.  Yashil maydonlar ekologik va estetik qiymati darajasiga ko‘ra tasniflanadi va eng muhim namunalarga nisbatan kesish emas, balki ko‘chirib o‘tkazish choralari ko‘riladi. Daraxtlarni olib tashlash muqarrar bo‘lgan taqdirda, kompensatsiya choralari – yangi ko‘chatlarni ko‘paytirilgan hajmda ekish nazarda tutiladi. Shu tariqa hududni ko‘kalamzorlashtirish nafaqat saqlab qolinadi, balki ekologik muvozanat tamoyillariga muvofiq yanada kuchaytiriladi.

Oqava suv nima bo‘ladi?

Juda ko‘pchilikni jiddiy xavotirga solayotgan masalalardan biri shu! Qarorda qo‘yilayotgan talablarga ko‘ra, dam olish maskani suv ombori yaqinida joylashganini inobatga olib,   suv resurslarini muhofaza qilishga qaratilgan barcha ekologik talablarga qat’iy rioya qilish belgilangan. Kurort hududida atrof-muhit holati, jumladan, suv sifati ustidan davlat organlari tomonidan doimiy nazorat o‘rnatiladi. Investor kanalizatsiya tarmog‘ini avtonom ravishda barpo etish majburiyatini olgan. Suv havzasi va unga tutash hududlarning har qanday ifloslanishini bartaraf etish imkonini beradigan ishonchli suv chiqarish va oqova suvlarni tozalash tizimini yaratishga ustuvor talab sifatida kiritilgan. Barcha muhandislik yechimlari ekologik xavfsizlik va barqarorlikka qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

Loyihani amalga oshirish davrida va loyiha ishga tushgandan keyin chiqindi hamda oqova suvlarining Chorvoq suv ombori va Chirchiq daryosiga tashlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, oqova suvlarni Chirchiq shahri oqova suvlarni tozalash inshootiga yo‘naltirish choralarini ko‘rish "Sea Breeze Uzbekistan" MCHJning asosiy majburiyatlaridan biri etib belgilangan.

Shu bilan birga, qarorda   yuqorida ko‘rsatilgan ekologik talablarga rioya etmaslik holati loyihaning to‘xtatilishi va invsetorning yerga bo‘lgan ijara huquqi bekor qilinishiga sabab bo‘lishi belgilab qo‘yilmoqda. 

Nazoratni Bosh prokuratura olib boradi

Qarorda alohida band bilan loyihaning amalga oshirilishi davlat organlari tomonidan qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlangan. Respublika Bosh prokuraturasi kurort hududida barcha shaharsozlik va ekologik me’yorlarga rioya etilishini alohida nazoratga oladi. Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuratura dastlabki loyiha yechimlaridan tortib, ob’ektlarni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarning shaffofligi va qonuniyligini ta’minlashga mas’ul hisoblanadi. Bu yondashuv majmuani qurish va undan foydalanishning har bir bosqichini o‘z ichiga qamrab olishi alohida ko‘rsatilgan. Bunda davlat, tabiat va fuqarolar manfaatlari ishonchli himoya qilinishi kafolatlanishi ta’kidlangan. 

Kurort hududini rivojlantirish faqat majmuaning o‘zini qurish bilan cheklanib qolmaydi – loyiha doirasida unga tutash hududni har tomonlama yaxshilash ham ko‘zda tutilgan. Bunday yondashuv nafaqat dam oluvchilar, balki mahalliy aholi uchun ham qulay muhit yaratib, butun tumanning rivojlanishiga barqaror turtki beradi.

 Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston o‘zining strategik masalalariga aslo befarq bo‘lmasligi yana bir bor qayd etilmoqda. Ya’ni, davlat nazorati barcha shaharsozlik va huquqiy talablarga rioya  etilishini kafolatlaydi. Loyihani amalga oshirish uchun mas’ul organlar barcha jarayonlarning shaffofligi va qonuniyligiga javobgar etib belgilangan.

Rivojlanishga kompleks yondashuv infratuzilmani yaxshilash, biznes va dam oluvchilar uchun qulay sharoitlar yaratishni o‘z ichiga oladi. Bu mintaqani yanada jozibador va raqobatbardosh qilish imkonini beradi.

Barcha tomonlarning manfaatlarini inobatga olish hamda mintaqadagi hayot sifatini oshirish maqsadida ular bilan faol hamkorlik o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Bunday muloqot barqaror rivojlanish uchun zamin yaratadi.

ps: Ushbu loyiha doirasida o‘z fikrini bildirayotgan o‘nlab hamyurtlarimizning fikrlarini o‘qib turib   bir savol tug‘ildi: Biz bugun Chorvoq suv ombori atrofidagi ekologik vaziyatni qanchalik ko‘rmoqdamiz, nazorat qilmoqdamiz? Axir bugun bu hududda tozalik, suvning sofligini ta’minlash qay ahvolda ekani ko‘z o‘ngimizda emasmi? Yozning jazirama kunlarida dam olish, salqin havodan bahramand bo‘lish ilinjida borgan   mehmonlar u yerdagi dam olishga bo‘lgan sharoitdan, xizmatlar sifati va ularning narx-navosidan, eng muhimi o‘sha biz jon kuydirib himoya qilmoqchi bo‘layotganimiz – suvga, suv omboriga bo‘lgan munosabatdan nechog‘li ko‘ngillari to‘lmoqda? Aslida mazkur loyiha ortidan qo‘yilayotgan ko‘plab savollarni ko‘tarish, kun tartibiga qo‘yishga allaqachon yetarli asoslarimiz borku!   Umid qilamizki, loyiha amalga oshishi bugungi og‘riqli masalalarning ham tugal yechim topishiga xizmat qiladi. 

Husan Ermatov, 

O‘zbekiston Respublikasi 

Oliy Majlisi Senati a’zosi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhokamalarning tayanch nuqtasi to‘g‘ri yo‘ldami?