Yangi qaror

O‘zbek estrada san’ati asoschisi, taniqli aktyor va rassom, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov qalbimizda abadiy yashaydi. Ijodkorni nafaqat ona yurtida, balki xorijda ham hanuz xotirlashadi.

Botir Zokirov 1936 yilda san’atkorlar oilasida tug‘ildi. Uning onasi Odina Hojayeva o‘z vaqtida mashhur opera xonandasi, otasi Karim Zokirov O‘zbekiston xalq artisti edi. Shu tufayli u bolaligidan san’at muhitida ulg‘aydi.

Botir Zokirov nafaqat tengsiz ovoz sohibi, balki iqtidorli rassom, dramaturg va yozuvchi ham edi. Uning eng yorqin iqtidori esa estradada, sahnada namoyon bo‘ldi. 1956 yil Moskvadagi talabalar va yoshlar festivalida qatnashib, dunyo sahnalariga yo‘l olgan. U kuylagan opera ariyalari, o‘zbek xalq qo‘shiqlari, xorij shlyagerlari o‘z davrida dunyo bo‘ylab tarqaldi. Xonandaning repertuaridan milliy qo‘shiqlar bilan bir qatorda italyan, fransuz, ispan, rus, yunon tilidagi qo‘shiqlar ham joy olgan.  

Uning kuylarida sharq va g‘arb musiqasi uyg‘unlashib, yangi maktab – o‘zbek estradasida mutlaqo yangi yo‘nalish yaratildi.

– Botir Zokirov – bu maktab. Uning har bir harakati, sahnadagi  qadami, har bir musiqa uslubi biz uchun yutuq, – dedi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti rektori Avaz Mansurov. – Milliy estrada san’ati institutida Botir Zokirov nomi sharaf bilan tilga olinadi. U o‘z xalqiga muhabbat bag‘ishlagan, yuraklardan joy olgan edi. Shunday ekan, uning izidan borish sharaf va mas’uliyatdir.

Millatimiz iftixori o‘zining keng qamrovli izlanishlari hamda erishgan ulkan ijodiy yutuqlari bilan milliy san’atimizni har tomonlama rivojlantirish va dunyoga tanitishga juda katta hissa qo‘shdi. Musiqa va qo‘shiqchilik sohasida ustoz-shogirdlik an’analarini munosib davom ettirish orqali iqtidorli yosh ijrochilarni tarbiyalash borasida ham ko‘plab ibratli ishlarni amalga oshirgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish, uning ijodiy merosini chuqur o‘rganish va jahon miqyosida targ‘ib qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror san’at va madaniyatga bo‘lgan chuqur e’tiborni yaqqol namoyon etdi.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahrida Botir Zokirov nomidagi memorial muzey tashkil qilinadi. Uning ijodiy merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ham ta’sis etiladi. Bu, eng avvalo, ijodkorning xotirasiga bo‘lgan hurmat, yoshlarimizga san’atimiz faxriga aylangan Botir Zokirov hayoti va ijodini chuqur o‘rganishga turtkidir.

– Yoshlarimiz estrada yo‘nalishida ham davlat darajasidagi stipendiya bo‘lishini istardi, ular bunday yangilikni kutayotgan edi. Talabalarimiz orzusiga yetishmoqda, – dedi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti rektori Avaz Mansurov. – Endi Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasiga eng yaxshi qo‘shiqchi, sozanda, olim, san’atshunos, estrada orkestrlariga dirijyorlik qilayotgan ijodkorlar, estrada qo‘shiqlari yaratayotgan kompozitorlar hamda ovoz rejissyorlari sazovor bo‘ladi. Shuningdek, ushbu unvon nafaqat bizning oliygoh, balki barcha ijodiy oliy ta’lim muassasalari talabalari va Botir Zokirov qo‘shiqlarini keng miqyosda ijro etayotgan yoshlarga ham nasib etadi. 

Botir Zokirovning hayoti va ijodi haqida tayyorlangan maxsus reportajni O‘zA YouTube tarmog‘i orqali tomosha qilishingiz mumkin. 

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/5NXOF26JiQI?si=B1t8YXnMTXVDea7e" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz XUDOYBERDIEV,
Anvarxo‘ja AHMEDOV (video),
O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Botir Zokirov – millat iftixori(+video)