Yosh bokschilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan qit’a birinchiligiga Tailandning Bangkok shahri mezbonlik qilayotganidan xabaringiz bor, albatta.
Chempionatning U22 yosh toifasida o‘tkazilgan chorak final janglarida Odinaxon Ismoilova, Behruz Xoldorov, Samandar Olimov, Shohrux Abdumalikov, Sayat Ilyosov, Muhammadazizbek Ismoilov, Shavkatjon Boltayev, Rahmatullo Boymatov, Abdulaziz Abdurahmonov, Halimjon Mamasoliyev kabi charm qo‘lqop ustalarimiz raqiblarini yengdi va yarim finalga chiqdi.

Bugun, 5 avgust kuni U19 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan bellashuvlarda 7 nafar qizlarimiz ringga ko‘tariladi. Quyida ushbu bokschilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishasiz:
-48 kg: Maftuna Musurmonova - Suman Kumari (Hindiston);
-51 kg: Muxtasar Aliyeva - Yakshika (Hindiston);
-57 kg: Robiya Ravshanova - Muskan (Hindiston);
-60 kg: Sevara Mamatova - Mizuki Horita (Yaponiya);
-65 kg: Sevinch Xurramova - Arinda Akimoto (Yaponiya);
-70 kg: Rayhona Qurbonboyeva - Chun-Ai Kao (Xitoy Taypeyi);
-75 kg: Maftuna Yangiyeva - Mina Jung (Janubiy Koreya);
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA