Vazirlar Mahkamasining qarori bilan bu bo‘yicha nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, dam olish maskanlariga yollanmalar yil davomida berilib, u yerda dam olish 12 kunlik kun tartibi asosida amalga oshiriladi.

Dam olish har yili quyidagi muddatlarda tashkil etiladi: maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi xodimlari va ilg‘or pedagoglar uchun sentyabr-may oylarida, iqtidorli o‘quvchilar uchun esa iyun-avgust oylarida.

Har bir hududda dam oluvchilarni saralash uchun komissiyalar tashkil etiladi. Komissiyalar tomonidan maskanlarga 7-14 yoshli iqtidorli o‘quvchilar belgilangan mezonlar asosida tanlab olinadi.

Shuningdek, dam olish maskaniga quyidagi ilg‘or pedagoglar tanlab olinadi: xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar, o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari, xorijiy til va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar, asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar, respublika bosqichidagi ko‘rik-tanlovlarda faxrli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar, oliy va birinchi malaka toifasiga ega boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari, asosiy olimpiadalarning viloyat bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar.

Belgilangan mezonlar bo‘yicha dam oluvchilarga ketma-ketlik asosida yollanmalar beriladi.         

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/NSMt3XGzdps?si=KhfUAFWH34iz_fjy" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

F. Yaxshiboyeva, A. Sodiqov, U.To‘xtayev  O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pedagoglar va iqtidorli o‘quvchilar har yili 12 kunga dam olish maskanlariga yuboriladi