Ma’lumki, yurtimizda qishloq xo‘jaligi drayver sohalardan biri hisoblanadi. Quyoshli o‘lkamizda pishib yetiladigan noyob ta’m, xushbo‘y hidga ega meva-sabzavotlarimiz dasturxonimiz ko‘rki bo‘libgina qolmay, eksport qilish va valyuta tushumlarini ko‘paytirishda kattagina imkoniyat hamdir. Faqat bor imkoniyatdan foydalanib, yuqori sifatli, jahon standartlari asosida mahsulot tayyorlash, bo‘sh turgan yerlarni ekib, meva-sabzavotlarning hajmini oshirishning o‘zi kifoya.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 31 iyul kuni qishloq xo‘jaligida kosmik ma’lumotlardan foydalanish va raqamlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda ushbu masalaga alohida e’tibor qaratildi.  

Jumladan, “O‘zbekkosmos” agentligi ikki yil mobaynida sohada foydalanilayotgan 4 million gektardan ziyod yerlar kosmik monitoring qilinganda hisobotlarda ko‘rsatilgan ayrim maydonlarda paxta ekilmagani, zaxiradagi yoki egasi noma’lum yerlar borligi aniqlangan.  

Yig‘ilishda aytib o‘tilganidek, dala chetlaridan ham samarali foydalanish eksport imkoniyatlarimizni kengaytiradi.  

Xullas, endilikda qishloq xo‘jaligida mutlaqo yangi tizimga asos solinmoqda va bu tizim bobodehqonlarimiz manfaatdorligini oshirishi, mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishi va ekinlarni joylashtirishni tartibga solishi kutilmoqda.  

Sohadagi o‘zgarishlar, yangiliklar, ushbu yig‘ilishning ahamiyati xususida  Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi, Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori Fahriddin Rasulov bilan suhbatlashdik.  

-  Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidan so‘ng sohada qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

- Ushbu videoselektor yig‘ilishida muhtaram Prezidentimiz tomonidan sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab takliflar, tavsiyalar, va topshiriqlar berildi. Asosiy maqsad O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, foydalanilmayotgan imkoniyatlardan keng foydalanish, dehqonlarimizga sharoitlarni kengaytirishdan iborat. Ayniqsa, shu kuni issiqxonalardan samarali foydalanish masalasi kun tartibiga ko‘tarildi.  

Xabaringiz bor respublikamizda issiqxonalarning maydoni kengaymoqda. Shu bilan birga ishlamay turgan issiqxonalar ham bor edi. Issiqxonadan samarali foydalanishda albatta har xil omillarga bog‘liq bo‘ladi va shu o‘rinda muammoli masalalar dehqonlarimizga yechib berilsa yerlardan foydalanish samaradorligi oshadi. Issiqxonani isitishda tabiiy gazdan foydalanishda keng imkoniyatlar yaratildi va issiqxonalar uchun gazga ulanishga ruxsat berilmoqda.  

Ochiq maydonga nisbatan issiqxonada mahsulot yetishtirish, ayniqsa sovuq mavsumda, dehqonchilikda yuksalishga olib keladi. Bozorlarimiz to‘kin bo‘ladi, sohada rivojlanishga turtki bo‘ladi.  

Masalan, ochiq maydonda pomidordan gektaridan 35 tonna olinsa, issiqxonada 120 tonna hosil olish imkoni bor. Boz ustiga issiqxonada yetishtirlgan mahsulot ochiq maydonnikiga qaraganda bozorda narxi qimmatroq va eksportbop hisoblanadi. (davomi videoda)

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/veR8UJID5mU?si=F85k_YAIRyqFt0Dy" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i to‘liq raqamlashtiriladi (+video)