Senat yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Mazkur qonun mehnat migratsiyasi sohasidagi xizmat ko‘rsatish jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tartibga solish, ularning mas’uliyatini kuchaytirish hamda ish beruvchilar va xodimlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan.  

Qonun bilan xususiy bandlik agentliklarining huquqlari va majburiyatlarini kengaytirish, ish vaqtidan tashqari ishlashning davomiyligini belgilash hamda ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash tizimini takomillashtirish nazarda tutilmoqda.

Mazkur normalar mehnat migratsiyasi sohasida qonuniylikni ta’minlashga, migrantlarning huquqlarini kafolatlashga, noqonuniy faoliyatga chek qo‘yishga hamda sohaga xususiy sektorni jalb etishga qulay imkoniyat yaratadi.

Senatorlar ma’qullagan qonun xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilishga, migratsiya xizmatlarini raqamlashtirish va sog‘lom raqobat muhitini yaratish orqali xususiy sektor ishtirokini rag‘batlantirishga yo‘l ochadi.  

Qonun fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini ta’minlashga, tashkilotlarda ish unumdorligini oshirishga va xodimlarning daromadlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat: ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash tizimi takomillashtiriladi