Senat yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Qonun muhokamasi jarayonida davlatimiz manfaatlarini himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning barqarorligini ta’minlash sifati va samaradorligini oshirish e’tibor markazida ekani ta’kidlandi.

Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida aniq maqsadga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga, maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti bilan bog‘liq ruxsatnomalarni berish tartibini soddalashtirish, shuningdek, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish hamda favqulodda vaziyatlar natijasida yetkazilgan zararni baholash mexanizmlarini aniq belgilash zarurati yuzaga kelmoqda.

Amaldagi “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida”gi qonunda tranzit ruxsatnomasini berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza olingan kundan e’tiboran 30 kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinishi, zarur hollarda esa mazkur muddat uzaytirilishi mumkinligi belgilangan.

Shu munosabat bilan qonun bilan “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida”gi qonunga tranzit ruxsatnomasining amal qilish muddati ko‘pi bilan 90 kun etib belgilanmoqda.

Amaldagi qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida tranzit ruxsatnomasini berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza olingan kundan e’tiboran yigirma kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinishi nazarda tutilmoqda, mazkur muddatni uzaytirishga asos bo‘luvchi holatlar hamda uzaytirish mumkin bo‘lgan muddat chegarasi aniq belgilab qo‘yilmoqda.

Qonun bilan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunga ham tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Senatorlar ma’qullagan qonun maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti hajmini oshirishga, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.  

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti ruxsatnomasi muddati uzaytiriladi