Huquqni himoya qilish, jismoniy hamda yuridik shaxslarning vaqt va mablag‘ini tejash, turli qog‘ozbozliklarning oldini olish, nizolarni taraflarning yarashuviga asosan tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan huquqiy institutlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, mediatsiya instituti, shuningdek hakamlik sudlari tomonidan nizolarni sudgacha hal qilish amaliyoti mavjud. 2019 yilda qabul qilingan “Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonun hamda Prezidentning 2020 yil 17 iyundagi “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada yangi bosqichni boshlab berdi.  

Biroq sudlarda ish hajmi yildan yilga ortmoqda, sudga qadar yoki sud muhokamasi payti mediativ kelishuvlarga erishish soni esa atigi 4,2 foizni tashkil qiladi. Bu mediatsiyaning ta’sir doirasini kuchaytirish, sohaga ishonchni yanada oshirish zarurligidan darak beradi.

Senat yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokamasi jarayonida yuqoridagi fikrlar bildirildi.  

Qonun ushbu masalalarning huquqiy yechimi sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib, “Mediatsiya to‘g‘risida”, “Notariat to‘g‘risida”, “Davlat boji to‘g‘risida”, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek, Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual, Soliq hamda Oila kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Xususan, “Notariat to‘g‘risida”gi qonunda notariusga “Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan tartibda cheklanmagan mediator vazifasini bajarish huquqi berilishi nazarda tutilmoqda.  

“Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonun yangi bob bilan to‘ldirilib, mediatsiya sohasidagi vakolatli davlat organi etib Adliya vazirligi belgilanmoqda. Adliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida mediatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, mediatorlarning kasb etikasi qoidalari, ularning kasbiy malakasini oshirish tartibi hamda mediatorlarni tayyorlash dasturlarini tasdiqlash, qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkinligi belgilanmoqda.

Mediatsiya qo‘llaniladigan sohalar doirasi kengaytirilib, mediatorlarning noprofessional turi qonunchilikdan chiqarib tashlanmoqda va mediatorlarga oliy ma’lumotli bo‘lish talabi qo‘yilmoqda. Mediatorlarning har uch yilda malakasini oshirish zarurati, mediatorlarning malaka komissiyalari tashkil etilishi, mediativ kelishuvni majburiy ijro etishga oid qoidalar kiritilmoqda.

Senatorlar ma’qullagan qonun nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarining amaliyotda samarali ishlashini ta’minlashga, mediatsiya sohasining huquqiy asoslarini mustahkamlash orqali sudlarda ish yuklamasini kamaytirishga yo‘l ochadi. Shuningdek, O‘zbekistoning biznes yuritish sohasidagi xalqaro reytingdagi darajasini va investitsiyaviy imijini xalqaro darajada yuksaltirishga xizmat qiladi.

N.Abduraimova,  

N.Haydarov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarining amaliyotda samarali ishlashi ta’minlanadi