Senat yalpi majlisida qonun ustuvorligini ta’minlash, ayniqsa, korrupsiyaga yo‘l bermaslik masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva korrupsiya – odamlarda mehnatga va yaratuvchanlikka bo‘lgan ishtiyoqni so‘ndiradigan, islohotlarni orqaga tortadigan illat ekanini ta’kidladi.  

– Mazkur masala Prezidentimizning doimiy e’tiborida bo‘lib, maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan shaxsan o‘zlari tanishdi, – dedi T.Norboyeva. – Korrupsiyaviy holatlarning har to‘rttadan uchtasi shahar va tumanlarda maishiy shaklda bo‘layotganini ta’kidlab, bu borada yanada qat’iy va tizimli choralar ko‘rish, raqamlashtirishni kuchaytirish bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab berdi. Bilasiz, hozirda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar asosida hududlar, soha va tarmoqlarda keng qamrovli, o‘rganish va tahlillar olib bormoqda. Natijalar bevosita hududlarda, vazirlik, idoralarda sayyor tarzda muhokama qilinmoqda. Bugunga qadar Milliy kengashning sayyor majlislarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Maktabgacha va maktab ta’limi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari tizimidagi ishlar holati tanqidiy muhokama qilindi.  

Keng qamrovli “yo‘l xarita”lar qabul qilindi. Ishonch bildirilgan 100 nafardan ziyod mansabdorga nisbatan lavozimdan ozod etishgacha bo‘lgan qat’iy choralar ko‘rildi.

Maqsad – faqat tanqid yoki kimningdir ishiga baho berish emas, balki bamaslahat holda muammo va kamchiliklarni bartaraf etishning tizimli chora-tadbirlarini belgilash hamda ularni hamkorlikda amalga oshirishdir.

Parlament ishchi guruhlari joylarda o‘rganish va tahlillarni davom ettirmoqda. Tez orada qolgan hududlarda ham muhokamalar o‘tkaziladi.  

– Soha, tarmoqlarga kelsak, dastlabki bosqichda asosan byudjetdan eng ko‘p mablag‘ oladigan sohalarga e’tibor qaratildi, – dedi Senat Raisi. – Biroq bu qolgan sohalar, tizimlar e’tibordan chetda, degani emas. Negaki, korrupsiya u yoki bu ko‘rinishda istalgan sohada uchrashi mumkin. Shu ma’noda, vazirlik, idoralar rahbarlari alohida o‘rganishlarni kutib o‘tirmasdan, mustaqil ravishda tegishli sohalarda korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha ishlarni faollashtirishi, jumladan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqib, amalga oshirishlari zarur. Senat va Milliy kengash bu borada har qanday yordamga tayyor.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanzila Norboyeva: Rahbarlar o‘rganishlarni kutmasdan, korrupsiyaviy omillarni aniqlashi va bartaraf etishi kerak