Senat yalpi majlisini kirish so‘zi bilan ochgan Senat Raisi Tanzila Norboyeva mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida barcha yo‘nalishlarda yangilanish va rivojlanish jarayonlari izchil davom etayotganiga e’tibor qaratdi.

– Hududlar palatasi sifatida, ayniqsa, tuman va shaharlarni rivojlantirish borasidagi ishlarni alohida e’tirof etishimiz kerak, – dedi T.Norboyeva. – Prezidentimizning Jizzax viloyatiga tashrifi davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlariga barchamiz yana bir bor guvoh bo‘ldik.

Iqtisodiyoti va ijtimoiy hayoti uzoq vaqt asosan qishloq xo‘jaligiga tayangan Jizzax bugun tamomila o‘zgacha shiddat bilan rivojlanib, jadal sanoatlashayotgan hududlardan biriga aylanmoqda. Oxirgi 8 yilda 3,7 milliard dollar investitsiya kiritilgan, 4 mingdan ziyod sanoat korxonalari ishga tushgan.

Prezidentimiz belgilab bergan ustuvor vazifalar asosida joriy yilda 2 milliard dollar investitsiya jalb etish, eksportni 285 million dollarga yetkazish va eng muhimi, 168 ming odamni ishli qilish bo‘yicha katta marralar olingan.

Zomin tumanida barpo etilayotgan yirik Texnopark misolida olsak, 1,2 milliard dollarlik 30 dan ziyod loyihani amalga oshirish hisobiga 70 million dollarlik eksport salohiyati, 5 mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Bu boradagi ishlarni to‘g‘ri va tizimli yo‘lga qo‘yish orqali Zomin tumanini ishsizlikdan xoli hududga aylantirishning barcha imkoniyatlari yaratiladi.

“Umuman olganda, bunday keng ko‘lamdagi ishlar mamlakatimizning barcha hududlarida olib borilmoqda. Mas’uliyat, faollik va tashabbuskorlik bilan hududlarimizni bundanda obod qilishimiz, kambag‘allikni keskin kamaytirishimiz mumkin, –dedi Senat Raisi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat Raisi: Tashabbuskorlik bilan hududlarimizni obod qilishimiz, kambag‘allikni keskin kamaytirishimiz mumkin