“BBC” ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada yangi kuchga kirgan kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi qonun tufayli o‘lkada ijtimoiy tarmoqlar, jumladan,“X” (sobiq Twitter) va “Reddit” Ukraina va G‘azo haqidagi kontentlarni cheklashni boshladi.

Qiziq jihati, mazkur hujjatga amal qilish jarayonida jamoatchilik uchun muhim bo‘lgan kontentlarning bloklanayotgani tanqid qilinmoqda. Masalan, Kiyevdagi dron hujumini ko‘rsatuvchi video yoki G‘azodagi vayronalar orasidan oila a’zolarini izlayotgan erkak haqidagi postlar hatto zo‘ravonlik tasvirlari bo‘lmagan taqdirda ham cheklangan

Mutaxassislar axborot kompaniyalari qonunni haddan tashqari qo‘llab, siyosiy bahslarni ham “xavfli kontent” sifatida bloklashi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Oksford universiteti professori Sandra Vaxter buni “jamoatchilik manfaatidagi faktlarni bostirish xavfi” deb atadi.

“X” egasi Ilon Mask ham bu holatni keskin tanqid qilib, “xalqni bo‘g‘ish uchun mo‘ljallangan” deya baholagan. “Reddit” va boshqa platformalar ma’muriyatlari farmonni to‘g‘ri bajarish mexanizmlarini ishlab chiqishga vaqt kerakligini bildirdi.

Yangi loyiha ayrim zararli materiallarni cheklashda samarali bo‘lgani ko‘rsatilmoqda, biroq ekspertlar siyosiy va ijtimoiy mazmundagi postlarni to‘g‘ri baholash yanada murakkablashayotganini ta’kidlamoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Britaniyada yangi qonun: Ukraina va G‘azo haqidagi postlar bloklanmoqda