FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli Qo‘qon shahrida joylashgan harbiy qismda “Dolzarb 90 kun” doirasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash maqsadida karate (WKF) bo‘yicha “Komandir kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridan tashrif buyurgan 400 nafar yosh sportchi ishtirok etib, 6 ta vazn toifasida o‘zaro kuch sinashdi. Musobaqa davomida sportchilarning texnik tayyorgarligi, jismoniy holati va ruhiy barqarorligiga alohida e’tibor qaratildi. 

[gallery-24574]

Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani jamoasi barcha raqobatchilarni ortda qoldirib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlar Farg‘ona va Andijon viloyatlari vakillariga nasib qildi. G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bunday musobaqalar yoshlarda sportga, sog‘lom turmush tarziga, shuningdek, Vatanga bo‘lgan muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish barobarida, ularni harbiy xizmatga tayyorlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh karatechilar Qo‘qonda bellashdi